Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
QR kodli diplom shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;
imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;
stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;
talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;
talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;
talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
talabalarning parolini tiklash;
talabalarning sababli qoldirilgan dars soatlarini tegishli tartibda belgilash;
talabalarning shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;
oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.
Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
Buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
yotoqxonalarga joylashishga shartnoma va yoʻllanma berish;
qayta oʻqishga shartnoma berish;
stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
hisob varagʻini shakllantirib berish;
talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.
Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.
Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
talabalarga OTTda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.