WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

    Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti qariyb yuz yillik tarixga ega bo‘lib, dastlab Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti tarkibida Veterinariya fakulteti 1929 yilda tashkil etilgan. Uning asoschilari A.A.Aleutskiy va A.S.Naydenovlar hisoblanib, fakultetning shakllanishida L.N.Popov, P.P.Timofeyev A.A.Chernogorov, P.P.Vinogradov, M.T.Timofeyevskiye Sh.X.Xojibekov, A.Troiskiy va S.G.Yudinlar jonbozlik ko‘rsatishgan. 

   Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda fakultetda OʻZRFA muxbir a'zosi, professor G.A.Kudryavsev, professorlar: V.S.Zarubinskiy, N.V.Badanin, M.V.Nexotyayev, I.I.Arxangelskly, A.V.Cherkasova, A.K.Bessonov, R.M.Voskonyan, R.G.Mustakimov, A.I.Yarmashkevich, K.P.Chepurov, V.S.Xateyev, A.K.Malyukov, A.S.Nakonechniy, A.Averburglar samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa akademik K.I.Skryabin, professorlar:. Ye.Mozgov, K.R.Viktorov, Ye.Kolyakov, G.Domrachev, A.Plaxotin, N.R.Semushkin, B.M.Olivkov, N.M.Klimov, I.G.Sharabrin kabi harbiy veterinariya akademiyasining olimlari veterinariya fakultetida faoliyat ko‘rsatib, O‘zbekistonda veterinariya ilm-fanini rivojlanishi hamda mahalliy kadrlarni tayyorlashda ulkan hissalarini qo‘shishgan. O‘zbekistonda veterinariya fanini rivojlanishida va yuqori malakali ilmiy-pedagogik mutaxassislarni tayyorlashda olimlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari akademik E.X.Irgashev, professor X.Z.Ibrohimov, professor N.G.Shatoxin, professorlar: S.N.Vohidov, R.H.Haltov, D.X.Narziyev, Sh.T.Rasulov, Sh.A.Azimov, U.Ya.Uzoqov, A.D.Dushanov, M.P.Parmanov, Sh.I.Ibragimov, N.Sh.Davlatov, X.Q.Rustamov, F.X.Majidov, J.Sh.Shopulatov, I.F.Abdusalyamov, V.A.Paliyev, B.S.Salimov, dosentlar: Z.I.Deryabina, A.M.Kargapalova, D.A.Tovmasyan, M.Nurmuxamedov, T.A.Abduraxmonov, M.T.Jdanova, VA.Polyakov, A.A.Pokudin, A.I.Badanina, N.A.Vladimirova, F.R.Xolmuxammedov, P.Z.Reshitov, Sh.M.Xolmatov, N.G.Bochkarev, Y.G.Fomina, S.S.Aminov, V.Y.Starkov, O.T.To‘raqulov, B.K.Ko‘chkarov, R.R.Ruzmetov, P.V.Bonka, M.Murodov, A.S.Lebedov, M.G.Levchenko, H.B.Haydarov, E.P.Bragina, M.B.Boboyeva, N.G.Xamitov, A.S.Sulaymonov, A.N.Nurullayev, B.D.Tulabayev, N.M.Samarodov, Ya.J.Jiyanov, L.F.Daminova, B.Ya.Yarmatov, A.Abrorov, A.A.Kamalov, Elbragimov, Kramova, M.M.Xasanov, M.S.Xabiyev, M.X.Allamuradov P.B.Boboyev, H.K.Burzanova, A.O.Raxmonov, Y.A.Axbutayev, P.M.Mamatov, A.Elmurudov, P.S.Haqberdiyevlar mehnat qilganlar. Fakultetni tugatganlar orasidan Respublika miqyosidagi rahbar xodimlar yetishib chiqqan. Jumladan, N.J.Xudoyberdiyev O‘zbekiston Ministrlar Kengashining raisi lavozimida, professor N.M.Matchanov O‘zbekiston Oliy Kengash Prezidiumining raisi lavozimida xizmat qilishib mamlakat rivojiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ 3703-sonli qaroriga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibida yangi fakultet sifatida Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti ish boshlagan. Hozirgi davrda 1111 nafardan ortiq talabalar tahsil olib, 2024-yilda fakultetda bitiruvchilar soni 340 nafarni tashkil qiladi.

Awesome Image

Qurbanov Shukurulla Xolmuminovich

Awesome Image

Xoliqov Samariddin Farxodovich

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Samarholikov29@gmail.com

+998 94 489 87 07

Awesome Image

Axmedov Sunnat Muxitdinovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

axmedov_s@ssuv.uz

+99891 554 53 51

Kafedralar

HAYVONLAR ANATOMIYASI, GISTOLOGIYASI VA PATOLOGIK ANATOMIYA KAFEDRASI

Batafsil
Kafedralar

ICHKI YUQUMSIZ KASALLIKLAR KAFEDRASI

Batafsil
Kafedralar

VETERINARIYA JARROHLIGI VA AKUSHERLIK KAFEDRASI

Batafsil
Kafedralar

FARMAKOLOGIYA VA TOKSIKOLOGIYA KAFEDRASI

Batafsil
Kafedralar

EPIZOOTOLOGIYA VA INFEKSION KASALLIKLAR KAFEDRASI

Batafsil
Kafedralar

PARAZITOLOGIYA VA VERETINARIYA ISHINI TASHKIL ETISH KAFEDRASI

Batafsil

International uz


Batafsil International uz.

FAKULTET O'QUV-USLUBIY ISHLARI. VETERINARIYA PROFLAKTIKASI VA DAVOLASH FAKULTETI


     “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy talablaridan biri o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish hisoblanadi. 

Fakultetimiz ta’lim yo‘nalishi va mutaxasisliklari bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2016 yil 5-fevraldagi 07/1-73-sonli topshirig‘i ijrosi to‘g‘risida”gi 66-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chora tadbirlar dasturi”dagi 14-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida, fakultetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy tajribalar asosida hamda iste’molchilarning talab va takliflarini e’tiborga olgan holda “Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)”, yo‘nalish sohasi oid Davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi. Ushbu DTS asosida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yangi takomillashtirilgan Malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalari ishlab chiqildi:

    Ishlab chiqilgan “Veterinariya” sohasining Davlat ta’lim standarti avvalo Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM vakillari tomonidan ekspertizadan o‘tkazildi. So‘ngra 1-kurs talabalari institut rektorining 30.06.2022 yildagi, 

2-kurs talabalari institut rektorining 27.08.2021 yildagi, 3-bosqich talabalari O‘zR OO‘MTVning 2020 yil 14 avgustdagi № 418-sonli hamda 4- kurs 2018 yil 25 avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib, ishlab chiqilgan MT va namunaviy o‘quv rejaliri bakalaviriyat ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilib o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.

Ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash  hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish talab qilinmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni chop etish, ta’lim yo‘nalishlarida o‘tiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

    Fakultet qoshida quyidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyat olib bormoqda:

1.Patomorfologiya laboratoriyasi 

2.Gemotologiya laboratoriyasi 

3.Farmakologiya va toksikologiya laboratoriyasi.

4.Kafedralararo “Opta-tech” laboratoriyasi 

5.Vivariya, akvarium xonasi 

    Fakultetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib chiqildi va uning tahlili bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha ta’minlanish darajasi 90 foizdan 100 foizgachani tashkil qiladi.

 

.

FAKULTET ILMIY – TАDQIQOT ISHLАRI. VETERINARIYA PROFLAKTIKASI VA DAVOLASH FAKULTETI


    Qashqadaryo viloyatininig Kitob tumanidagi “Qilichbek shoir” f/x, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “VSS Sattor bobo” f/x, Samarqand viloyati Payariq tumani “Ochilov Mahmudjon dalasi” f/x, Samarqand tumani “Qurbon chorva” f/x, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Bobur Murodaliyevich XK”, Qashqadaryo viloyati SHaxrisabz tumani “Ko‘hna kesh favvorasi” MCHJ, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Pallandara chorva” MCHJ, Samarqand viloyati     Jomboy tumani “Gulnora agro yeri” f/x, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Tarnov sabzovotlari” f/x, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Munisaxon nurli kelajak” MCHJ, Samarqand tumani “Qurbon chorvo” f/x, Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Normurodov chori chobog‘on” f/x, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “O‘biokombinat” MCHJlar bilan shartnoma asosida ilmiy tadqiqod ishlari olib borilayapti,
    Hozirgi kunda Fakultetimizda 9 nafar (DSc), 15 nafar (PhD), 14 tayanch doktorant, 15 nafar mustaqil izlanuvchi (PhD)lar faoliyat yuritmoqda.
    Fakultetimiz  6  ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakda jami 400 nafar talabalar ilmiy tadqiqod ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
    Fakultetda xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Fakultetimiz Italiyaning Piza universiteti, Sank-Peterburg Davlat veterinariya akademiyasi va Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyalari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 
    Fakultet ixtisoslashuviga mos 16 ta korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot  ishlari olib borilmoqda.
.

Awesome Image

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot

3.74 MB