WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Niyozov Hakim Baqoyevich

Fakultet dekani

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Veterinariya  jarrohligi
  • Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi
  • Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi.
  • Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi

Shaxsiy ma’lumotlar

Niyozov Hakim Baqoyevich 1984-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1990-yilda 16.00.04 – “Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi ” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2017-yilda 16.00.02 – “16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi ” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.  2023-yilda 16.00.01 – “16.00.01–Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi ”” ixtisosligi bo‘yicha professorlik ilmiy unvonini olgan. Shuningdek, oxirgi 5 yilda ,   Kipr, Estoniya, Portugaliya, Rossiya  va Turkiya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida bilim va tajribalarini oshirgan. 2024-yilda   “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim a’lochisi”   ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Lavozim vazifalari

  • Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;
  • O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o'zlashtirishi va davomati tekshirilib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish
  • Talabalarning kursdan kursga o'tkazish to'g'risida buyruqlar loyihasini tayyorlash.
  • Talabalarga stipendiya berilishi to'g'risidagi taqdimnomani tayyorlash:
  • Talabalarming bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo'yicha olimpiadalar, turli jamg'armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash,
  • Stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o'qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqlı darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish,
  • Yangi informatsion texnologiyalarni o'quv jarayoniga keng tadbiq etilishini, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;
  • Fakultet kengashini faoliyatini boshqarish;
  • Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi masalalari va hk.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;
  • Oliy ta'lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo'yicha mavjud va istiqbol ehtiyojini o'rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o'matish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
  • Turdosh oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar,. jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini urnatish,
  • Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo'shimcha ta'lim xizmatlari ko'rsatishni tashkil etish (o'z xisob raqamiga ega bo'lgan aloxida «Markaz», «Kurs» va hk.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o'qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta'minlash;
  • Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.
  • Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.

Mehnat faoliyati

  • 1979-1984 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
  • 1984-1986 yy. - Buxoro viloyati Shofirkon tumani veterinariya stansiyasida veterinariya vrachi
  • 1986-1989 yy. – O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti
  • 1989-1996 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti jarrohlik va farmakologiya kafedrasi assistenti
  • 1997-1999 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti jarrohlik va farmakologiya kafedrasi dosenti hamda veterinariya fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovini
  • 1999-2000 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektor yordamchisi
  • 2000-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
  • 2004-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi, jarrohligi va farmakologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, dosenti, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan.
  • 2015-2016 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining veterinariya, zootexniya va korako‘lchilik fakulteti dekani
  • 2016-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutining veterinariya  fakulteti dekani
  • 2018-2022 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi institutining veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekani hamda veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi professori v.v.b.
  • 2022-2023 yy.  - Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiyeti veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekani hamda veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi professori
  • 2023 -2024y.   -  Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiyeti   veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi professori 
  • 2025 – yil yanvar oyidan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiyeti veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekani hamda veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi professori