Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
◆ Xodim profili

ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI

  • Asosiy
  • Menu
  • ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI
Shernazarov Shavkat Shuxratovich
Xodim profili

Shernazarov Shavkat Shuxratovich

ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO'LIMI
Aloqa ma'lumotlari

Batafsil ma'lumot

Bo'lim vazifalari

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga yetkazib borish;
• Professor-o‘qituvchilar va tadqiqoqtchilarning ilmiy salohiyatlarini oshirib borish bo‘yicha muntazam targ‘ivot ishlarini olib borish;
• Innovatsion ishlanmalarni joriy qilishni nazorat qilish;
• Xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
• Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning xalqaro miqyosdagi ishlarini, ularning h-indeksi va iqtibosliklarini oshirib borish manitoringini olib borish;
• Universitetda fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalari tanlovlariga professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ishtirok etishi va ularni bajarilishi monitoringini olib borish;     
• Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga joy ajratish haqida loyiha tayyorlash va vazirlikka yuborish;
• Tayanch doktorantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarni qabul qilishni tashkil qilish;
• Respublika gazetalariga tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchilarga ajratilgan joylar haqida e’lon berish;
• Kirish imtihonlarini qabul qilish komissiyalari haqida buyruq tayyorlash;
• Tayanch doktarantura va doktaranturada ta’lim oluvchi nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish;
• Tayanch doktarantura va doktarantura kirish imtihonlarini qabul qilishni tashkil qilish;
• Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarni qabul qilish bo‘yicha buyruqlar tayyorlash;
• Qabul qilingan tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilar uchun nomzodlik imtihonlari chet tillari bo‘yicha kurslar tashkil qilish;
• Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarning mavzusini va shaxsiy ish rejasini tasdiqlash;
• Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarni fan va texnologiyalar markazi tomonidan e’lon qilingan grantlar tanlovida ishtirokini ta’minlash;
• Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarning ilmiy anjumanini o‘tkazish va to‘plamini chop etish;
• Magistrlarni tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilish bo‘yicha zaruriy tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
• Respublika va xalqaro konferensiya, simpoziumlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarga yetkazish;
• Attestasiya natijalari bo‘yicha universitet Ilmiy kengashida hisobot berish;
• Ilmiy-texnikaviy kengash yig‘ilishlarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilarga dissertatsiya ishlarining holati haqida ilmiy rahbar, kafedra mudiri va dekan axborotlarini muhokama qilish;
• Nomzodlik imtihonlarini o‘tkazish haqida buyruq tayyorlash va OAKga yuborish;
• Nomzodlik imtihonlarining sessiyasini o‘tkazish va OAKga hisobot berish;
• Tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilar bo‘yicha hisobotini tayyorlash va statistik boshqarmaga taqdim etish;
• Innovatsion yarmarkalarda tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim oluvchilar ishtirokini ta’minlash;

Doktarantura bo'yicha ma'lumot

   Oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;
stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;
stajyor-tadqiqotchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita