Biotexnologiya fakulteti dekani
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-187 son qaroriga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi. Bugungi kunda universitet rektorining 2022-yil 31-avgustdagi №147 -sonli buyrug’iga asosan “Biotexnologiya” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. Hozirgi davrda 870 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda.
Biotexnologiya fakultetida quyidagi bakalavriatura ta’lim yo’nalishlari mavjud:
- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
- Veterinariya farmatsevtikasi
- Veterinariya biotexnologiyasi
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
- Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
- Suv bioresurslari va akvakultura
Biotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
AQSH ning Minnesota universiteti bilan Twinning loyihasi. KazNAU da tashkil etilgan yozgi maktabda - 7 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalar onlayn 72 soatlik o‘quv kursida malaka oshirdi. 2023-yil 1 nafar professor-o‘qituvchi Qozg’istonda 72 soatlik yozgi maktabda ishtirok etgan. Top 1000 talik universitetlarning 4 dan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilarlari ishqa qabul qilingan.15 dan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilari onlayn maruza o‘qidi. 22 nafar professor-o‘qituvchilar top 1000 talik universitetlarda 12 soatlik ma’ruzalar o‘qidi.
.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroriga asosan o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish asosiy maqsad va vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroriga asosan o‘quv jarayonini malaka talablari va na’munaviy o‘quv rejalar asosida to‘g‘ri tashkil etish, uni doimiy ravishda takomillashtirib va mukammallashtirib borish hamda jahon andozalari darajasiga ko‘tarish masalasi doimiy etiborida bo‘lib, fakultet Kengashi va uslubiy kengashi majlislari kun tartibining asosiy mazmunini tashkil etib keldi.
Fakultetdagi magistratura mutaxassisligi va 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tasdiqlangan malaka talablari va na’munaviy o‘quv rejalarida ko‘rsatilgan barcha fanlar bo‘yicha “Fan dasturlari” va “Ishchi o‘quv rejalari” bilan to‘lig‘icha ta’minlangan va ulardan o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib o‘quv jarayoni barcha ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv rejalar asosida tashkil etilgan.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o’qitilmoqda:
BAKALAVRIAT:
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI:
1.70710201 - Biotexnologiya (maxsulot turlari bo’yicha)
2.70710402 - Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
3.70810904 – Agrobiotexnologiya
4.70812101-Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
5.70840201-Veterenariya farmatsevtikasi ishini tashkil qilish va boshqarish
Fakultet o‘quv jarayonini tubdan sifat jihatidan isloh qilish borasida yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratilib, ta’lim texnologiyalari bilan fanlarning ishchi o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar takomillashtirildi.
Intelektual salohiyatiga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish talab qilinmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni chop etish, ta’lim yo‘nalishlarini o‘tiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Fakultetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi bo’yicha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib chiqildi va uning tahlili bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha ta’minlanish darajasi 80 foizdan 100 foizgachani tashkil qiladi.
.Fakultet mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilar, universitetda ilmiy kadrlar yetishtirishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda to‘liq o‘z-o‘zini moliyalashtirish mexanizimini yaratish maqsadida samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Samarqand viloyatida joylashgan Sherzod, Sherqo‘zi, Jamshid Ro'ziyevich fermer xo’jaligida, Baxrom bobo Vafoqulov fermer xo’jaligida, Miosta MCHJ da, Mamatov Faxriddin dalasi fermer xo‘jaliklari bilan, hamkor tashkilotlar sifatida “O‘zbiokombionat” MCHJ, “Samarqand dori-darmon” MCHJ, Integra-DD MCHJ, SAG AGRO in vitro laboratoriyasi, Samarqand o’rmon xo’jaliklari bilan shartnoma asosida ilmiy tadqiqod ishlari samarali tashkil etilgan.
Fakultetimizda kafedralar qoshida tashkil etilgan fan, ilmiy, ijodiy to‘garaklardagi faoliyat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda 564 nafar talabalar ro‘yxati shakllantirilgan va tasdiqlanib, talabalar bilan ishlash “Ustoz-shogird” tizimida yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetda xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Fakultetimiz Muxtor Auyezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universiteti, Jangirxan nomidagi G’arbiy Qozog‘iston agrar texnika universiteti, Kırşehir Ahi Evran University, Qozog‘iston Milliy Agrar tadqiqot universiteti va Vitebsk ordeni “Faxriy yorliqli” davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
.
BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETIDA PREZIDENT QARORLARI, FARMONLARI, VAZIRLIK VA QO‘MITA QAROR VA BUYRUQLARINI
2.49MB