WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Egamqulov Azamat Nurali o‘g‘li

Biologiya, Ekologiya va dorivor o’simliklar kafedrasi v.b.dotsenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Biologiya, Ekologiya
  •  Ekologiya

Shaxsiy ma‘lumotlar

Azamat Egamqulov 02.02.1991-yil Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tavallud topgan.

 Azamat Egamqulov 2021-yilda biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.

Lavozim vazifalari

• Fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilari va xodimlari faoliyatini va umumiy boshqarish;

• Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv- uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;

• O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:

• Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;

• Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;

• Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;

• Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;

• Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;

• Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;

• YAngi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;

• Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;

• Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;

• Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;

• Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

• Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va h.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;

• Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:

• Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.

Bilishi kerak:

Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMi Rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMi yillik va istiqboli rejalarini bilishi;

Malaka talablari:

• Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

• OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;

• Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

2009-2013 yy.  –   Samarqand davlat universiteti talabasi

2013-2015 yy.  –   Samarqand davlat universiteti magistri

2015-2017 yy.  –   Samarqand davlat universiteti Ekologiya kafedrasi laboranti

2017-2020 yy.  –   Samarqand davlat universiteti Ekologiya kafedrasi assistenti

2020-2022 yy.  –   Samarqand davlat universiteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi assistenti

2022 y.   - h.v.  –    Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biologiya, ekologiya va dorivor o‘simliklar kafedrasi assistenti