Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
◆ Xodim profili

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI BOSHLIG'I

  • Asosiy
  • Menu
  • KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI BOSHLIG'I
TURAYEV FURKAT ERKINOVICH
Xodim profili

TURAYEV FURKAT ERKINOVICH

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI BOSHLIG'I
Aloqa ma'lumotlari
Email ssuv@edu.uz
Telegram Telegram

Batafsil ma'lumot

Lavozim vazifalari

- Boʻlimga umumiy rahbarlik qiladi, Boʻlim ishini tashkil etadi, Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi boʻyicha toʻliq javob beradi;

- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi;

- universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;

- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qiladi va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarni;

- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini taʼminlaydi va nazorat qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib boradi;

- universitetning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

- universitet tizimidagi korrupsiyaviy xatti-xarakatlar boʻyicha xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi; odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha kabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi; amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; korrupsiyaviy hatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi.

- ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

- fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;

- komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul shaxslarni oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;

- universitetda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga kiritadi;

- boʻlim faoliyatiga taʼluqli masalalar boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi va takliflar tayyorlaydi;

- boʻlim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;

- boʻlim faoliyati bilan bogʻliq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ijro intizomiga toʻliq amal qiladi;

- qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.

- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

- universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yunalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;

- universitetda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflarni kiritgan holda rektorga axborot berib boradi;

- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;

- universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sosiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqadi;

- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti xujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hayʼati karorlari va buyruqlariga, universitet rektori buyruq hamda koʻrsatmalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

- universitetda ichki xujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

- universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

- universitetda professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining hatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni koʻrib chiqadi hamda oʻrnatilgan tartibda choralar koʻradi;

- universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reestrini yuritib boradi;

- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;

- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;

- universitetda  korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini oʻrganadi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

- universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;

- universitet huzuridagi akademik lisyey, Urgut, Samarqand, Andijon va Nukus veterinariya meditsinasi texnikumlari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar  Toshkent va Nukus filiallarining korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi faoliyati ustidan nazorat oʻrnatadi;

- universitetda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, taxliliy materiallarni rahbariyatga hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va Oliy taʼlim, fan va inovatsiyalar vazirlikklariga kiritib boradi.

- universitet va uning huzuridagi akademik litsyey, Urgut, Samarqand, Andijon va Nukus veterinariya meditsinasi texnikumlari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar  Toshkent va Nukus filiallariga ishga qabul qilish, xodimlarni attestasiyadan oʻtkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustakil izlanuvchi)larning imtixonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestasiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyasiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlashda nazorat qiladi;

- xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida universitet xodimlaridan zarur yordam soʻrash va olish, zarur xollarda ishchi guruhlar tashkil etadi;

- universitet rektoriga komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid takliflar kiritadi;

- vakolati doirasida tekshiruvlar oʻtkazish, xujjatlarni talab qilish, universitetning professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muxofaza kiluvchi organlarga xabar beradi;

- oʻz faoliyati doirasida universitetning tarkibiy boʻlinmalariga koʻrsatmalar va tavsiyalar beradi;

- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda qonunchilik xujjatlari asosida xal etilishi uchun javob beradi.

 

Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga,Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo'mitasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligi buyruqlariga va Xayʼati qarorlariga, mazkur Nizom, universitetning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi.

Boʻlimning faoliyati universitetda “Komplayens nazorat tizimini boshqarish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib borishga yo'naltirilgan boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida bevosita universitet rektoriga bo'ysunadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo'mitasi va Oliy  taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi o'rinlarda - vazirlik)ning Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimiga hisobot beradi.
 
Boʻlimning asosiy vazifalari xisoblanadi:
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
  • oliy taʼlim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash;
  • universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yo'nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
  • universitetda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflarni kiritgan xolda axborot berib borish;
  • universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini taʼminlash;
  • universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo'naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish. Shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
  • universitetning professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining xatti-xarakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni koʻrib chiqadi hamda oʻrnatilgan tartibda choralar koʻradi;
  • universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reestrini yuritib boradi;
  • davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
  • vakolati doirasida tekshiruvlar oʻtkazish, xujjatlarni talab qilish, universitetning professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan xollarda tegishli huquqni muxofaza kiluvchi organlarga xabar berish;

 

 

ISHONCH TELEFONLARI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI: +998557077686 ichki raqami  (007)


REKTOR QABULXONASI: +998557077686 ichki raqami  (100)


DEVONXONA: +998557077686 ichki raqami  (200)


ELEKTRON POCHTA MANZILLARI

ssuv@edu.uz
ssuv@exat.uz 


ONLAYN TARZIDA MUROJAT QILSIH MANZILI

INTERACTIVE.SSUV.UZ

TELEGRAM BOT:  https://t.me/SDVU_coruption_bot

1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurasish bo'yicha ichki tartib - taomillardan xabardorligi

2. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurasish sohasida bilim va ko'niklmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi

SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITEI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI TOMONIDAN OLIB BORILGAN TARG'IBOT MATERIALLARI


 ME’YORIY HUJJATLAR TO'PLAMI             USLUBIY TAVSIYALAR            QOʻLLANMA


 

SAMDVMCHBU REKTORI, PROFESSOR XUDAYNAZAR YUNUSOVNING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA MUROJAATI

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Binobarin, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha samarali ishlar tashkil etilmoqda. 
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. 
Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashlarning tashkil etilishi shular jumlasidan. 
Universitetimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida quyidagi ustuvor vazifalar bajarilib kelinmoqda. 
Jumladan:
- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
- korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
-universitet huzuridagi akademik litsey va texnikumlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Korrupsiya omillari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni o‘zimizga ustuvor vazifa qilib olishimiz darkor.
Bunda vatanparvarlik, sodiqlik va mas’uliyatni faoliyatning asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, har bir mutaxassis xodim oldiga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
Davlat xizmatchisi eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va e’tiborini qozona oladi. Shunday ekan, go‘zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik.
 
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar!
Mazkur murojaatim orqali, Universitetimizni korrupsiyadan holi muassasaga aylantirishda barcha sog‘lom kuchlarni, ya’ni halol va fidoyi professor-o‘qituvchilardan tortib xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar hamda talabalarni ham birlashtirib ish olib borishimiz o‘zining ijobiy samarasini berishi muqarrar. 
Shu bois, keling, bu illatga qarshi barchamiz birgalikda kurashaylik.
 
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALAR” MAVZUSIDA MA’RIFAT DARSI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Gapparov Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabalariga shu mavzuda Ma’rifat darsi mashg‘ulotini o‘tdi.

Dars jarayonida mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilfyotgani, xalqimiz tinchligi, farovonligi yo‘lida olib borilayotgan bunday islohotlar o‘zining real natijalarini berayotgani haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarga mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, jonajon Yangi O‘zbekistonni dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishda munosib hissa qo‘shishlari lozimligi xususida fikrlar bildirdi.

Shuningdek, dars jarayonida mamlakatimizda ro‘y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga to‘xtalib, 2025-yil 3-mart kuni mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlikdagi loyihalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda mamlakatimizda agrosanoat tarmoqlari samaradorligini oshirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlarini joriy etishning dolzarb masalalari muhokama etilganini aytib o‘tdi.

Muhim voqealardan bo‘lgan 2025-yil 5-mart kuni mamlakatimiz rahbari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishini o‘tkazib, korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi tizimi yaratilib, unga qarshi kurashadigan Agentlik tashkil etilgani, “Shaffof qurilish” dasturi joriy qilingani, joriy yilning 5-martida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning SHHT Bosh kotibi Nurlan Yermekbayevning qabul qilingani, uchrashuvda Samarqand sammitida boshlangan SHHT faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, jumladan tashkilotning barcha tuzulmalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha masalalar tahlil etilgani, 2025-yilning 6-mart kuni mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib, Misr Arab Respublikasi, Italiya, Qirg‘iz Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Turkiyaning elchilari ishonch yorliqlarini topshirgani, 2025-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi amalga oshirilgani kabi muhim voqealar xususida ma’lumot berdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita