Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani
Fakultet dastlab 1929-yil iyulida O‘zbekiston davlat Zooinjeneriya instituti tarkibida “Qoromolchilik va qorako‘lchilik” nomi bilan, 1931 yilda Zootexniya fakulteti nomi bilan tashkil qilingan. Dastlab 1935 yilda 18 nafar (13 nafar o‘zbek, tojik va qozoq millatiga mansub yoshlar va 5 nafarini xotin qiz) yoshlar bitirib diplom olishgan. Fakultet tarkibiga 1966 yili parrandachilik bo‘limi hamda fakultet bazasida qorako‘lchilik fakulteti tashkil etildi.
Zooinjeneriya fakulteti o‘zining 93 yil yillik faoliyati davomida 25 ta fan doktori, 14 ta professor, 80 nafarga yaqin fan nomzodlari, 60 ta dotsent va katta o‘qituvchilar tayyorlandi. Fakultet kafedralarida aspirantura va doktarantura bo‘lib, unda 60 ga yaqin doktarantlar taxsil olishgan va olishmoqda. Shuningdek fakultet bitiruvchilaridan 2 ta akademik (G.A.Aliyev va Sh.A.Akmalxanov), 3 ta akademiyaning muxbir a’zolari (U.N.Nosirov, K.K.Karibayev va R.G.Valiyev) yetishib chiqqan.
Fakultet olimlari tomonidan bugungi kunga qadar 20 ga yaqin monografiya, 50 dan ortiq darslik, 70 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 960 dan ortiq tavsiyalar, 30 dan ortiq risolalar, 6000 dan ziyot ilmiy maqolalar chop qilingan, 18 ta mualliflik guvoxnomalari olingan. Talabalar tomonidan 4000 ga yaqin diplom ishlari himoya qilingan. 7 mingdan ortiq talaba zootexnik mutaxassisligini olgan. Shulardan 600 ga yaqin bitiruvchilar imtiyozli diplom olishgan.
2018-yil 8-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3703 sonli Qaroriga asosan Samarqand qishloq xo‘jalik instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi va Uning tarkibida Zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti o‘rnida Zooinjeneriya fakulteti sifatida qayta tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-187-son qarori asosida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti tashkil etilib universitet tarkibidagi Zooinjeneriya fakulteti maqomi ham oshirildi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va bioteхnologiyalar universiteti rektorining buyrug‘iga asosan 2024-yil 30-avgustdan boshlab Zooinjeneriya fakulteti va Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti bilan birlashib Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tashkil etildi.
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetida hozirgi kunda (kunduzgi) ta’limda 507-nafar, sirtqi ta’limda 400-nafar talabalar tahsil olib kelmoqda, 2024-2025-o‘quv yilda fakultetda bitiruvchilar soni (kunduzgi) ta’limda 172-nafar, sirtqi ta’limda 86-nafarni tashkil qiladi. Fakultetda o‘zining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy sohalarda hamda qishloq xo‘jaligiga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarini yanada takomillashtirishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Vatanimiz mustaqilligini yanada mustaxkamlash, yoshlarni milliy g‘oya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan charchamaydi. Fakultet bundan keyingi faoliyatini ham 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”ning ustuvor yo‘nalishlari asosida og‘ishmay amalga oshiradi.
Fakultet kafedralari.
Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi
Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi kafedrasi
Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi.
Zooinjeneriya fakultetida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari:
60810800-Zooinjeneriya
60811500-Zooinjeneriya (qorako‘lchilik)
60811500-Zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik)
60811700-Ipakchilik va tutchilik
60811500- Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)
60810700- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
60811300- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
60720100- oziq-ovqat texnologiyasi
60811600- Chorvachilik mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologo fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Xalqaro hamkorlik aloqalari
Fakultetda xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Fakultetimiz Qozog‘istonning Alma-Ata shahridagi Qozog‘iston milliy agrar tadqiqotlar universiteti va Vitebsk ordeni “Faxriy yorliqli” davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
.Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilar, universitetda ilmiy kadrlar yetishtirishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda to‘liq o‘z-o‘zini moliyalashtirish mexanizimini yaratish maqsadida samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Fakultetda 2025 yilda asosiy shtatda jami 52 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan, 3 nafari professor, 17 nafari dotsent, 7 nafari katta-oʻqituvchi, 25 nafarin assistent professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot faoliyatini olib bormoqda.
Fakultetimizda kafedralar qoshida tashkil etilgan fan, ilmiy, ijodiy to‘garaklardagi faoliyat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda 350 nafar talabalar ro‘yxati shakllantirilgan va tasdiqlanib, talabalar bilan ishlash “Ustoz-shogird” tizimida yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetda xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Fakultetimiz Qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarini moderinizasiyalash sharoitida innovasion texnologiyalarni joriy qilish. “Buxoro zot tipidagi sur qo‘ylarini maxsuldorligini oshirishda guruxlar aro sinashning ahamiyati” Buxoro viloyati Jondor tumani A.Temur MChJ. Qorako‘l qo‘ylarining jadal ko‘payishiga seleksion va texnologik omillarning ta’siri. Samarqand viloyati Nurobod tumani qorako‘lchilik xo‘jaliklari, qorabayir ot zotininig naslini yaxshilash, oziqlantirish, ko‘paytirish va ot sporti o‘yinlariga tayyorlash texnologiyasi.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Qorabayir” majmuasi. Tut ipak qurtini hayotchanligi va mahsuldorligiga tut bargida kechadigan fiziologik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini asoslash. Samarqand viloyat “Samarqand tian zxu silkvorm” qo‘shma korxonasi. Qora rangli qorako‘l qo‘ylari seleksion belgilarining qumli cho‘l sharoitida namoyon bo‘lish xususiyatlari. Buxoro viloyat Jongeldi naslchilik xo‘jaligi. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Chorvachilik va parrandachilik” ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali. Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Ikrom Mahmudov” fermer xo‘jaligi. Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Sardoba temir yo‘l agrosanoat majmuasi” unitar korxonasi chorvachilik majmuasi.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi “Eldor-K”, fermer xo‘jaligi. Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani “Nurmat Xo‘jaqulov” fermer xo‘jaligi bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
.
Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti ma'naviy-ma'rifiy faoliyati
2.22 MB