Kafedra 2024 yil Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tarkibida “Xususiy zootexniya” va “Yaylov chorvachiligi” kafedralarini birlashtirish asosida tashkil etilgan.
Kafedra yaqinda tashkil etilgan bo‘lsada, u uzoq tarixga ega. Turli yillari kafedrada professorlar Raximov A.A, Yusupov S.Yu, Turakulov Z.T, Maksudov I.M, Amirov Sh.K va boshqalar faoliyat yuritgan. Kafedrani rivojlanishiga professorlar Xolmirzaev D.X, Bazarov S.R lar ham o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, o‘tmishda kafedra rivojlanishiga Saliev V.X, Rizaev Sh.M, Ruzimuratov R.X, Ismailov A.I, Shaptakov S.E, Mamatov S.M, Raximov A.A, Xashimov I.K, Zaxidov X.Z, Yarbekov M.Ya, Biserova N.I, Salimbaev S, Narzullaev N.N, Abdurasulov A, Ibragimov Yu, Alimardonov A, Juraev J.J, Chutbaev M, Sogomonov A, Nurmuxamedov, Mamatkulov O, Uralov K, Raxmonov L.K va boshqalar o‘z hissasini qo‘shganlar.
Ayni paytda kafedrada 19 ta professor –o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 1ta akademik, 2 ta professor, 6 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, fan nomzodlari, 3 ta assistent, fan nomzodlari va 5 ta assistentlar faoliyat yuritadi. Kafedrada 1 ta muzey, 2 ta laboratoriya xonasi, 8 ta o‘quv xonalari mavjud bo‘lib, multimediya vositalari bilan jihozlangan.
Kafedrada o‘tiladigan fanlar
Bakalavriat:
- Zootexniya asoslari
- Chorvachilik asoslari
- Quyonchilik
- Quyonchilik va mo‘ynachilik
- Qorako'l terishunosligi
- Jun tovarshunosligi
- Ipakchilik asoslari
- Sharmbop, po'stinbop va mo'ynabop teri tovarshunosligi
- Qorako'lchilik asoslari
- Qo'ychilik va echkilchilik
- Yilqichilik asoslari
- Sutchilik ishi
- Qoramolchilik
- Parrandachilik
Магистратура:
- Chorva hayvonlarining mahsuldorligini kompleks baholash va prognozlash
- Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar
- Chorva hayvonlarining fe'l-atvor xususiyatlari
- Chorvachilikda tajriba o‘tkazish
- Innovatsion texnologiyalar asosida parranda tuxumlarini inkubatsiyalash
- Qishloq xo‘jalik parrandalari seleksiyasi
- Parrandachilikda tuxum va go‘sht ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalar
- Intensiv usulda jo'jalar o'stirish texnologiyasi





