Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon

Sahifa

UNIVERSITET YANGI MAQOMGA EGA BO'LDI

Universitet yangi maqomga ega bo'ldi

UNIVERSITET YANGI MAQOMGA EGA BO'LDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti European Association of Establishments for Veterinary Education (EAEVE) tashkilotining “Associate Member” (Assotsiatsiya a’zosi) maqomiga ega bo‘ldi.


Mazkur sertifikat Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan EAEVEning 39-Bosh Assambleyasi doirasida universitetimiz vakillariga tantanali ravishda topshirildi.
EAEVE Prezidenti o‘z nutqida universitetimizning ushbu nufuzli tashkilot safiga qo‘shilganini alohida e’tirof etib, Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotganini ta’kidladi.
Ushbu a’zolik veterinariya ta’limi va ilmiy-tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, Yevropa veterinariya ta’lim makoni bilan integratsiyani kuchaytirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita