WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.
Awesome Image

Hayitov Rustam O‘roqboyevich

AXBOROT XIZMATI

Batafsil

|

Xodimlar


1.Matbuot kotibi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.
 2.Matbuot  kotibi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish agentligi buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
3.Matbuot kotibi o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, universitetning tarkibiy bo‘limlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
4.Quyidagilar Matbuot kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish agentligi axborot xizmati hamda filial rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot hizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
keng jamoatchilikni universitet faoliyati, uning sohasiga doir normativ- huquqiy xujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, universitetda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
universitetning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  va O‘zbekistan Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati hamda filial tarkibidagi bo‘limlardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-taxliliy materiallar tayyorlash;
universitet faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozisiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida filial direktoriga axborot berish;
universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallar, ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
5.Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi, shuningdek, ularning veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bo‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish hamda yangilab borishni ta’minlaydi;
universitet rahbarlari ishtirokida tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;
OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga o‘tkazadi va yozma shaklda,           shu jumladan, elektron shaklida axborot taqdim etadi;
OAVga taqdim etish zarur bo‘lgan axborotni universitetning fakultetlari bilan hamkorlikda to‘playdi va u larni puxta ishlaydi;
universitet faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi;
universitet veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritilishini ta’minlaydi;
universitet faoliyati yoritilgan materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
universitet faoliyatiga oid foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
6.Matbuot kotibi o‘z vakolatlari doirasida milliy axborot agentliklari hamda OAVning filial faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.
7.  Matbuot kotibi o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
Matbuot kotibi vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni filial tarkibidagi bo‘limlaridan belgilangan tartibda so‘rab olish;
universitetning yig‘ilishlarida, majlislarida va boщqa tadbirlarida qatnashish;
qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun universitet rektori bilan kelishilgan holda universitet fakultetlari xodimlarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;
rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va halqaro axamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Matbuot kotibi vakolatiga taalluqli  masalalar bo‘yicha universitet nomidan vakillik qilish;
universitetning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Matbuot kotibi faoliyati masalalari bo‘yicha normativ xujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish;
8.Matbuot kotibi:
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
universitetga tegishli bo‘lmagan axborotlarni tarqatish qonunda belgilangan tartibda javobgarlik belgilangan.
9.Matbuot kotibi universitet rektori tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
10.Matbuot kotibi faoliyati universitet rektori tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida tashkil etiladi;
11. Matbuot kotibi bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.