Fakultet dekani
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Iqtisodiyot fakulteti 1979-yilda dastlab agronomiya fakulteti qoshida boʻlim sifatida, keyinchalik mustakil fakultet boʻlib 1980-yilda tashkil etildi. Fakultetning tashkil topishi va oʻquv-ilmiy salohiyatinig rivojlanishida oʻsha paytdagi institut rektori (1977-1982), professor K.X.Xatamov, prorektor, professor N.S.Sanayev hamda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, professor M.X.Xusanovlarning hissasi katta boʻlgan.
Fakultetga turli yillarda A.Ismoilov, D.Xalboyev, T.Qudratov, A.Astanov, O.Murtazayev, I.Salamov, A.Alikulov, F.Axrorov va Sh.Xasanovlar rahbarlik qilishgan.
Fakultetda professorlar: F.Joʻrayev, T.Nurumbetov, A.Ismoilovlar, dotsentlar: S.Vafoyev, R.Oʻrazboyev, T.Gapparov, S.Jalilov, X.Odilov, A.Kazakov, M.Bumatov, A.Kulmatov, A.Xamdamov, A.Arnest, R.Usmonov, P.Davronov, V.Shukurov, N.Ibragimov, A.Alikulov, J.Omonov, M.Usmonov, N.Joʻrayev, S.Dusmatov, M.Ibragimov, I.Ganiyev, Sh.Sattarov, T.Raxmonov, M.Xolmirzayev, A.Tillayev, X.Kuchimov, S.Xamdamov, I.Sobirov, A.Muxtorov, D.Raxmonov, Sh.Raxmonov, I.Kurbonov, Z.Niyazov, B.Jalilovlar, katta oʻqituvchilar: D.Samiyeva, K.Shodmonov, Sh.Kurbonov, Ya.Xajiyev, S.Abdusaitov, Sh.Axmedov, A.Kuliyev, U.Umirov, L.Makarova, Gʻ.Ibragimovlar, assistentlar: I.Saʼdinov, D.Turayev, Z.Primov, A.Murodov, X.Akbarov, A.Ernazarov, S.Mamasoliyev, U.Nurillayev, Sh.Murodov, O.Pardayevalar turli yillarda faoliyat yuritgan.
Fakultet 2018-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti bazasida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgan, institutning boshqa fakultetlari bilan qoʻshib yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-187 sonli qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga aylantirildi. Universitetning kengayishi, qabul kvotalarining oshishi tufayli 2022-yil sentyabr oyidan boshlab Iqtisodiyot fakulteti qayta tashkil etildi.
Xozirgi kunda fakultetga iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.Alikulov rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultetda Sh.Babajanov, B.Turopov, Sh.Yuldashev, O.Oʻlmasova, J.Javmanovlar dekanning tegishli sohalar boʻyicha muovinlari hisoblanadi.
Fakultetda “Iqtisodiyot va menejment” va “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedralari mavjud boʻlib, 24 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Fakultetda 60410100 “Iqtisodiyot”, 60410200 – “Buxgalteriya hisobi” va 60410800 – “Menejment” taʼlim yoʻnalishlarida 554 nafar kunduzgi va 403 nafar sirtqi boʻlim talabalari tahsin olishmoqda. 70410102 – “Iqtisodiyot” va 70410201- “Buxgalteriya hisobi” mutaxassiliklarda 9 nafar magistr taʼlim olmoqda. Fakultetni bitiruvchilari soni 9,5 ming dan ortiq nafarni tashkil etadi.
Iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari
Iqtisodiyot fakulteti Xotin qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi
Fakultetning ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “tayanch” oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. O‘quv jarayonini tashkil etish uchun tegishli tartibda tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar: ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidan olinadi. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassiliklar bo‘yicha ishchi o‘quv rejalar maxassislik chiqaruvchi kafedralar bilan kelishilgan holda dekanat tomonidan tayyorlanadi. Fan sillabuslari (fanning ishchi dasturlari), o‘quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matni, amaliy dars ishlanmalari, mavzular bo‘yicha prezentatsiyalar fan o‘qituvchilari tomonidan tayyorladi.
Fakultetda 60410100 “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida 39 ta, 60410200 – “Buxgalteriya hisobi” ta’lim yo‘nalishida 39 ta va 60410800 – “Menejment” ta’lim yo‘nalishlarida 38 ta fan o‘qitiladi. 70410102 – “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha 11 ta va 70410201-“Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi bo‘yicha 11 ta fan o‘qitiladi. Darslar o‘quv grafigiga asosan ikki semestr: kuzgi va bahorgi semestrlarga bo‘lingan holda tashkil etilgan.
Intelektual salohiyatiga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni chop etish, ta’lim yo‘nalishlarini o‘tiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Fakultet professor o‘qituvchilari tamonidan 8 ta darslik, 21 ta o‘quv qo‘llanma, 120 dan ortiq o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar chop etildi. Fakultetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlangan.
Talabalar amaliyotini tashkil etish uchun Viloyat hokimligining qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi agrar sohaning yirik ishlab chiqarish korxonalari, MChJlar va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat va tuman kengashlari bilan shartnomalar tuzilgan.
Talabalar o‘quv grafigiga asosan amaliyotga chiqishdan oldin universitet Rektorining tegishli buyrug‘i chiqariladi. Mutaxassislik kafedralar o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan amaliyot dasturlari bilan talabalar ta’minlanib, ularga amaliyot o‘tash bo‘yicha tegishli yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Amaliyot dasturlari amaliyot turi va muddatiga qarab, mutaxassislik chiqaruvchi kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi.
.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Jumladan, milliy buxgalteriya hisobini buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga transformasiyasi, auditorlik tekshiruvlarini auditning xalqaro standartlari asosida o‘tkazish, qishloq xo‘jalik korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish, tannarxni pasaytirish, agrar sohasida servis xizmatlarini rivojlantirish, agroklasterlarda buxgalteriya hisobini takomillashtirish va iqtisodiyotning boshqa dolzarb muammolari yechimlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Hozirgi kunda fakultetning 2 nafar o‘qituvchisi fan doktori (DSc) va 14 nafar o‘qituvchisi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ishlar olib bormoqda.
Fakultetda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun Samarqand viloyati Payariq tumani “O‘zbegim O‘zbekiston - Germaniya” MCHJ, Samarqand shahar “Yuksalish quruvchi building” MChJ, Samarqand viloyati “APEX INSURANCE” AJ, Samarqand viloyati “SAM ANTEL GILAM” MCHJ, “O‘zagrolizing” Samarqand viloyat filiali, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Ekspress market” oilaviy korxonasi, Samarqand viloyati Nurobod tumani “Soliev Qobiljon Muxammadievich” fermer xo‘jaligi, Samarqand viloyati Payariq tumani “O’zbegim-O’zbekiston - Germaniya” MCHJ, “Intellekt-hisob” xususiy korxonasi, "Afrosiyob audit standart” MChJlar bilan shartnomalar tuzilgan.
“Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha talabalarning ilmiy tadqiqotlariga fakultet professor – o‘qituvchilari rahbarlik qilishadi. 2024 yilda fakultet talabalari tomonidan 52 ta ilmiy maqola chop etilib, Olma-ota shaxrida “Moliya” fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasida assistentlar G.Narziyeva va U.Raximova rahbarligidagi fakultetimiz komandasi faxrli 2-o‘rinni olishdi. 2023 yilda 4 bosqich talabasi K.Topo‘latova (rahbar-professor A.Alikulov) Prezident stipendiyasi, 2024 yilda 3 bosqich talabasi A.Xotamov (rahbar - dosent I.Salamov) I.Karimov nomidagi stipendiya sovrindori bo‘lishdi.
.
Iqtisodiyot fakultetining o‘quv yili davomida amalga oshirgan ma'naviy-ma'rifiy ishlari
13 MB