Shaxsiy ma’lumotlar
Bekzod Turopov – 2002-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti tamomlagan. 2004-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining magistratura bosqichini tamomlagan, 2023 yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Lavozim vazifalari
• Fakultetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashga koʻmaklashishni taʼminlash;
• Universitetning maʼnaviy-maʼrifiy va yoshlar tarbiyasiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirilib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish;
• Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
• Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi masalalari va hk.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
• Universitetda har doim yoshlarning jamiyatdagi oʻrnini egallashiga, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, korrupsiya, giyohvandlik, OITS, terrorizm, ekstremizm kabi illatlarga qarshi kurashish, alkogolizm va boshqa salbiy illatlarni oldini olish;
• Talabalar turar joylarida va ijara xonadonlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
• Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.
Mehnat faoliyati
1998-2002 yy. - Samarkand Davlat arxitektura qurilish instituti talabasi
2002-2004 yy. - Samarkand Davlat arxitektura qurilish instituti magistranti
2002-2010 yy. - Samarkand Davlat arxitektura qurilish instituti injenerlik tarmoqlari qurilishi kafedrasi o‘quv ustasi, o‘quv ishlari inspektori
2011-2012 yy. - Samarqand tuman Ravonak qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-xunar kollejida maxsus fan oʻqituvchisi
2012-2015 yy. - Siyob qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida maxsus fan oʻqituvchisi
2015-2020 yy. - Samarqand tuman Ravonak qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-xunar kollejida ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2020-2022 yy. - Jomboy agrotexnologiyalar texnikumi o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2022-2023 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti yoshlar bilan ishlash, ma’niviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori
2023 y. – h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti yoshlar bilan boʻyicha dekan oʻrinbosari