Bo’lim vazifalari
Iqtidorli talabalarning samarali ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Iqtidorli yoshlarning “XXI asr-Intellektual avlod asri” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida institutning ilm-fanga qobiliyati yuqori bo‘lgan talabalar ishtirokini ta’minlash;
Universitetning iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari ilmiy-tadqiqot muassasalari shu jumladan xorijiy mamalakatlarning ta’lim va ilmiy marazlari pedagoglari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda mahorat darslari o‘quv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish;
Iqtidorli talabalarning xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda chop etiladigan nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari bilan qatnashishlarini qo‘llab quvatlash va ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov, To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida universitet iqtidorli talabalarining munosib ishtirok etish choralarini ko‘rsatish;
Universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan xoriy ta’lim va ilmiy muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasida on-layn ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish;
Universitet har yili iqtidorli talabalarning ilmiy-amali konferensiyasini tashkil etish va bunda eng yaxshi ilmiy ish mualliflarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
Universitet iqtidorli talabalarning ilmiy-innovatsion ishlanmalar yaratish borasida faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
Har yili o‘tkaziladigan talabalarning respublika fan olimpiadasida universitet iqtidorli talabalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash;
Universitet filiallari va akademik litseyning iqtidorli talabalarini hamkorlikda turli tanlov va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarga maqsadli jalb etish choralarini ko‘rish;
Bo‘limga qonunchilikga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.