Fakultet mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilar, Universitetda ilmiy kadrlar etishtirishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda to‘liq o‘z-o‘zini moliyalashtirish mexanizimini yaratish maqsadida samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Ilmiy tadqiqot ishlari “O‘zbekistonda veterinariya, biotexnologiya va chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun ilmiy kadrlarni intensiv tayyorlash ilmiy biznes inkubatori” MEGA loyiha doirasida hamda Respublikamiz miqyosida turli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy ishlarni olib bormoqda.
Samarqand viloyatida joylashgan “Siyob Shavkat Orzu” klasterida, Nurobod tumani “Nurli yo‘l” MCHJ, Pastdarg‘om tumani “Darg‘om parranda” MCHJ, “Sam teri tayyorlov” MCHJ, Samarqand “Sifat go‘sht savdo” MCHJ, “Miosta” MCHJ, “Evroasia Feed Pro Samarqand” MCHJ, “VETBIOVITO” MCHJ, “Mironqul Agrozoovet servis ilmiy-amaliy markazi”, fermer xo‘jaliklaridan “Temur o‘g‘li”, “Oqdaryo moniy chorvador”, “Rohat”, “Kamol, Sayora, Nur servis” kabi xo‘jaliklar bilan, hamkor tashkilotlar sifatida Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti, “O‘zbiokombionat” MCHJ, Samarqand viloyati “Asalarichilik” uyushmasi, Samarqand viloyat “Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari” bilan shartnoma asosida ilmiy tadqiqod ishlari samarali tashkel etilgan, Davlatov R.B. tomonidan Qashqadaryo viloyati Shaxrizabz tumani “Oqsaroy” parrandachilik MCHJda “Parrandalarda uchraydigan kasalliklarini oldini olish va davolash tadbirlarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha ilmiy amaliy shartnoma tuzildi.
Hozirgi kunda Fakultetimizda 2 nafar fan doktorlari (DSc), 16 nafar fan nomzodlari (PhD)lar faoliyat olib bormoqda, jami 17 nafar mustaqil izlanuvchilar (DSc), (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot faoliyatini olib bormoqda.
Fakultetimiz 4 ta ilmiy to‘garak faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakda jami 348 nafar talabalar ilmiy tadqiqod ishlari bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Fakultetda xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Fakultetimiz Italiyaning Piza universiteti, Sank-Peterburg Davlat veterinariya akademiyasi va Vitebsk ordeni “Faxriy yorliqli” davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi, Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti, Turkiya mehmet akif ersoy universitetlari, bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Fakultet ixtisoslashuviga mos 12 ta korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqod ishlari olib borilmoqda.
.