Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Ilyosov Zafar Ilyos o‘g‘li
O'qituvchi profili

Ilyosov Zafar Ilyos o‘g‘li

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ijtimoiy tarmoqlar

Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Veterinariya sanitariya ekspertizasi

Shaxsiy ma’lumotlar

  Zafar Ilyosov 2018-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tamomlagan. 15.03.2023-yilda Oliy ta’limdan keying ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakliga veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha 16.00.04 – “Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinariya-sanitariya ekspertizasi” ixtisosligiga qabul qilingan.

Shuningdek, oxirgi 3 yilda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” kafedrasi assistenti.

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 70 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan.

Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy salohiyat to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.

Lavozim vazifalari

  • Reyting nizomiga rioya etilishini ta’minlash;
  • Bilishi kerak:

O‘z faoliyatiga taaluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, OTMni ichki tartib-qoidalari, me'yoriy hujjatlarni bilishi;

Malaka talablari:

  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomulalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat xissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;

• O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan habardor bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

  • 2014-2018 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabasi (bakalavr).
  • 2018-2020 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti magistranti.
  • 2020- y.          - SAM TERI TAYYORLOV MChJ kushxonasi vetvrachi.
  • 2020-2021 yy – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena” kafedrasi laboratoriya mudiri.
  • 2021 y. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi.
  • 2021-2025 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Veterinariya sanitariya ekspertizasi” kafedra assistenti.
  • 2025 – yil oktyabr oyidan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida jamoatchilik asosida ishlab kelmoqda.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita