WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

         Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti — Veterinariya va biotexnologiya sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy ishlarni olib borish boʻyicha respublikaning tashabbuslarini amaliy roʻyobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasi.

        Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti agrar soha boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti boʻlib, 1929-yilda Oʻzbekiston davlat paxtachilik instituti va Oʻzbekiston zooveterinariya instituti bazasida tashkil etilgan. 1933-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti, 1961-yildan hozirgi nomda. Institut tarkibida (2004): agronomiya, injenerlik, veterinariya, zootexniya, qorakoʻlchilik, iqtisodiyot, kasbiy taʼlim ftlari va magistratura boʻlimi, 40 ga yaqin kafedra bor. 

      1995-yildan Respublika litseyinternati faoliyat koʻrsatadi (2004-yilda 222 oʻquvchi taʼlim oldi). Institut krshida maxsus vivariy, dala uchastkalari, oʻquv tajriba xoʻjaligi, parrandachilik boʻyicha mikroferma, veterinariya poliklinikasi, jahon qorakoʻl teri namunalari maxsus muzeyi, institut muzeyi, ilmiy kutubxona (530 mingdan ortik, asar) mavjud.

      2003/04 oʻquv-yilida Institutda agronomiya, seleksiya, agrokime va tuproqshunoslik, mevasabzavotchilik, uzumchilik, qorakoʻlchilik, veterinariya, zootexniya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, muhandismexanika, teri va moʻyna texnologiyasi va boshqa mutaxassisliklar boʻyicha 3768 talaba oʻqidi, 283 oʻqituvchi, shu jumladan, 31 fan doktori va professor, 155 dotsent va fan nomzodi ishladi. Institut tashkil topgandan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.

      Aspiranturasi, dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha 2 ixtisoslashgan ilmiy kengash bor. Oʻz bosmaxonasiga ega. Darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va „Ilmiy ishlar toʻplamlari“ nashr etadi.

     Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining „Veterinariya meditsinasi“ institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq 2018-yil 8-mayda tashkil topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022 yil 7-maydagi 54-i/ch- sonli buyrugʻiga 1-ilova

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining

USTAVI

I.Umumiy qoidalar

     Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (keyingi oʻrinlarda “Universitet” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi PQ №187 sonli “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga boʻysunadi.

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi PQ-187-sonli qaroriga asosan Universitet veterinariya meditsinasi, veterinariya sanitariya ekspertizasi, veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, veterinariya farmatsevtikasi, zooinjeneriya, veterinariya biotexnologiyasi, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

         Universitet Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritadi.

       Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, oliy taʼlimning asosiy va qoʻshimcha taʼlim dasturlarini bajarish boʻyicha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv-pedagogik, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda taʼlim xizmatlarini koʻrsatadi.

       Universitet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustaviga amal qiladi.

       Universitet yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida oʻziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk boʻyicha oʻz majburiyatlariga muvofiq javob beradi, oʻz nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.

      Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta boʻyicha hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

Universitet joylashgan manzil:

Indeks: 140103, Samarqand shahri, M.Ulugʻbek koʻchasi 77-uy.

Universitetning oʻzbek (kirill va lotin), rus va              ingliz tillaridagi rasmiy nomi va qisqartmasi:

         Samarqand     davlat      veterinariya       meditsinasi,       chorvachilik     va biotexnologiyalar universiteti, SDVU;

         Samarkand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, SDVU;

         Самаркандский государственный университет ветеринарной медитсины, животноводства и биотехнологий, СГУВ;

         Samarkand   State   University   of   Veterinary   Medicine,   Livestock   and Biotechnologies, SSUV.

Samarqand      davlat      veterinariya       meditsinasi,       chorvachilik     va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali joylashgan manzil:

        Toshkent shahri, Toshkent shahar, Chilonzor tumani 20-mavze, 35a-uy;

Samarqand      davlat      veterinariya       meditsinasi,       chorvachilik     va biotexnologiyalar universitetining Nukus filiali joylashgan manzil:

        Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Utepov koʻchasi, 31-uy.

II.Universitetning asosiy vazifalari

         Universitetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: veterinariya, chorvachilik,    biotexnologiya,  agrotexnologiya,

agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash;

zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish; 

oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va innovatsion oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, veterinariya klinikasi, oʻquv va ilmiy laboratoriya, oʻquv tajriba xoʻjaligi, ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish;

ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini yaratish; 

yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bila qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish, Universitet professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish, bitiruvchilarning respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida (ilmiy markazlarda) magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taxsil olishlarini tashkil etish; 

oʻquv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish; sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlarini Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga biriktirgan holda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash;

       Universitetning yuqori bosqich talabalari hamda ilmiy izlanuvchilarining ilmiy-tadqiqot institutlari laboratoriyalarida faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish;

      oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha fanning falsafa doktori, fan doktori va mustaqil izlanuvchi sifatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;

      jamiyatning axloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;

     aholi oʻrtasida bilimlarni tarqatish, uning maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy, huquqiy darajasini koʻtarish;

     ilmiy-pedagog xodimlar va taʼlim oluvchilarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan taʼlim jarayonida foydalanish;

    har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini oʻz Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi oʻz masʼuliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq anʼanalarini  boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;

     tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy majmualarini, oʻquv-qoʻllanmalarini, darsliklarni, jumladan, elektron adabiyotlarni yaratish va ularni oʻquv jarayonlariga tatbiq etish;

     milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari boʻyicha ustuvorlikka ega boʻlgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish;

     ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;

     Universitet binolari va unga tegishli obyektlarda umumiy ovqatlanish, oshxona, bufetlarni tashkil etish va faoliyatini yuritish;

    tasarrufidagi taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Batafsil

 

TALABALAR TURAR JOYLARI

      Universitetda bugungi kunda 2 ta talabalar turar joylari faoliyat koʼrsatmoqda. 1-son talabalar turar joyi 450 o'rinli, 2-son Talabalar turar joyi 400 o'rinli, jami 850 oʼringa moʼljallangan. Ushbu talabalar turar joylarida universitetda tahsil olayotgan talabalar  uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib mazkur joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan. Talabalar turar joylarida universitet kutubxonasi filiallari tashkil qilingan boʼlib 4000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo boʼlishadi.

    Turar joylarda talabalarning maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda madaniy dam olishlari uchun har qaysi qavatlarga muzlatgichlar, televizorlar qoʼyilgan va barcha xonalar yangi yumshoq va qattiq mebellar bilan taʼminlangan. Talabalar turar joylarni muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimi oʼrnatilgan.

     Talabalar uchun barcha qavatlarda dush, kir yuvish xonalari mavjud. Qavatlarda zamonaviy kir yuvish mashinalari va oshxonalarga gaz plitalar o‘rnatildi. Turar joylarda talabalarning dars tayyorlashlari soʼnggi modeldagi kompyut sinflari mavjud boʼlib WI-FI hamda internet tarmogʼiga ulangan. Talabalar turar joylarida talabalarni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishi uchun har birida alohida “Ma’naviyat xonasi”, 5 muhim tashabbusga doir klublar va to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilgan.
     Talabalar turar joylari ma’naviyat xonalarida universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, xotin-qizlar maslahat kengashi, fakultetlar va kafedralar tomonidan turli mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinadi.