Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
◆ Xodim profili

REGISTRATOR OFISI

Boymatov Otabek Saboxiddin o'g'li
Xodim profili

Boymatov Otabek Saboxiddin o'g'li

REGISTRATOR OFISI
Aloqa ma'lumotlari

Batafsil ma'lumot

Tadqiqot sohalari

·        Chorvachilik

·        Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar

Otabek Boymatov 2015-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti (bakalavr) 2017-yilda (magistratura) ni tamomlagan. 2025-yilda 06.02.03 – “Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, oxirgi 5 yilda Turkmaniston hamda Qozog‘iston kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida bilim va tajribalarini oshirgan.

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” estalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Lavozim vazifalari:

Universitetning talabalar faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish sohasidagi missiyasi hamda asosiy strategik yo‘nalishlarini yuqori darajadagi ishonchlilik, samaradorlik va mas’uliyat bilan amalga oshirish;

Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarish;

Ofis xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;

talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;

Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etilishini hamda professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalarning bu jarayondagi faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;

Ofis tomonidan yoʻlga qoʻyiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;

Xizmat koʻrsatish (front office) va Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda ragʻbatlantirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.

Mehnat faoliyati:

2011-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti  talabasi (bakalavr)

2015-2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik intituti magistranti o‘rindoshlik asosida zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti dekanati uslubchi

2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti dekanati ish yurituvchi kotib (o‘rindoshlik asosida qorako‘lchilik, hayvonlarni oziqlantirish va gigiyena kafedrasi assistenti)

2018-2019 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi assistenti

2019-2021 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti zooinjeneriya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan (o‘rinbosari o‘rindoshlik asosida Hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi assistenti)

2021-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti zooinjeneriya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari (o‘rindoshlik asosida hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena kafedrasi assistenti)

2022-2023 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya fakulteti dekan v.b (o‘rindoshlik asosida hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena kafedrasi assistenti)

2023-2024 yy- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti zooinjeneriya fakulteti dekani v.b (o‘rindoshlik asosida hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena kafedrasi katta o‘qituvchisi.)

2024-2025yy- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani v.b (o‘rindoshlik asosida Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.)
2025  y.-  fevral oyidan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Registra-tor ofisi boshlig‘i (o‘rindoshlik asosida Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi.)

Ismatov Allamurod Ilxom oʻgʻli

Ismatov Allamurod Ilxom oʻgʻli

Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlim boshligʻi
allamurod_1992@mail.ru
+ 998 99 597 02 43
Batafsil
Mavlyanov Majid Tuychiyevich

Mavlyanov Majid Tuychiyevich

Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi
majid.mavlyanov1975@gmail.com
+998979127511
Batafsil
Saparov Oybek Jumanarovich

Saparov Oybek Jumanarovich

Xizmat ko'rsatish bo'limi meneger
saparovoybek4@gmail.com
+998 94 374 66 44
Batafsil
Djurayeva Ug‘iloy Bazarovna

Djurayeva Ug‘iloy Bazarovna

Xizmat ko'rsatish bo'limi meneger
#
+998 90 105 11 81
Batafsil
Xalilov Laziz Normuhammad  o‘g‘li

Xalilov Laziz Normuhammad o‘g‘li

Ma'lumotlar bazasi menegeri
#
+998 94 541 22 33
Batafsil
Kushakov Sardor Baratboyevich

Kushakov Sardor Baratboyevich

Ma'lumotlar bazasi menegeri
#
+998 88 895 0394
Batafsil
Sherqulova Farida Elmurotovna

Sherqulova Farida Elmurotovna

Registrator ofisi menijeri
sherqulovafarida0116@gmail.com
+99897 6317711
Batafsil
MAMASOV ABBOS ALIKULOVICH

MAMASOV ABBOS ALIKULOVICH

Ma'lumotlar bazasi menegeri
#
+998970407422
Batafsil
Daniyerov Ravshan Xasanovich

Daniyerov Ravshan Xasanovich

Xizmat koʻrsatish (front office) boʻlim menejeri
ravshandaniyerov@mail.ru
+9989372224908
Batafsil
Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
QR kodli diplom shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;
bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;
diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish; 
imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;
oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;
oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;
oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;
stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish; 
talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish; 
talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;
talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;
talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;
talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;
talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;
talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;
talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;
talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish;
talabalarning parolini tiklash;
talabalarning sababli qoldirilgan dars soatlarini tegishli tartibda belgilash;
talabalarning shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;
talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;
talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;
tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;
oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash; 
oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish. 
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.
Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;
turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;
oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;
xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;
xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;
xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;
xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;
xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;
Buxgalteriya, marketing va amaliyot boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
yotoqxonalarga joylashishga shartnoma va yoʻllanma berish;
qayta oʻqishga shartnoma berish;
stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
hisob varagʻini shakllantirib berish;
talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;
talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;
toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;
bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.
Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:
grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;
ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;
innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;
nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;
ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;
ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.
Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
talabalarga OTTda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.

 

 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita