Top Bar





Awesome Image

Saparov Oybek Jumanarovich

Xizmat ko'rsatish bo'limi meneger

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

Odam va hayvonlar fiziologiyasi

Veterinariya

Shaxsiy ma’lumotlar

Saparov Oybek Jumanazarovich 2020-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tamomlagan. 2022-yilda Farmakologiya va toksikologiya ixtisosligi bo‘yicha magistr darajasini olgan. Shuningdek, hozirgi kunda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Registrator ofisi xizmat ko‘rsatish bo‘limi (fron office) menedjeri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Lavozim vazifalari

1. Talabalarga xizmat ko'rsatish sektori bo' yicha:

- qayta o'qish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;

- sirtqi va masofaviy ta'lim shaklida o‘qiyotgan talabalar uchun chaqiruv qog'ozini shakllantirish;

- talabalar harakati (talabalar safidan chetlashtirish, kursda qoldirish, o'qishini ko‘chirish, akademik ta'tilga chiqarish va qaytarish, o'qishini tiklash) ni muvofiqlashtirish va rasmiylashtirish;

- o'qishni ko'chirish va qayta tiklash uchun aiza yuborishga yordam berish;

- oliy ta'lim tashkilotliga ikkinchi ta'limga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;

- oliy ta'lim tashkilotlarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;

- talabaga o'zining GPA ko'rsatkichi haqida ma'lumotnoma taqdim etish;

- o‘qishga qabul va o'qishni ko'chirish yuzasidan konsultatsiya berish;

2. Ilmiy va innovatsion faoliyat sektori bo'yicha xizmtat ko'rsatish:

- ilmiy konferensiyalar haqida ma'lumot berish;

- innovatsion g'oya va startaplarni ro'yxatdan o'tkazishga yordam berish;

- “Ustoz-shogird maktabi" ga a'zo bo'lishga yordam berish ;

- oliy ta'lim tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan ilmiy konferensiya, seminar va boshqa ilmiy-innovatsion tadbirlani talabalar orasida ommalashtirish;

3. Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo'yicha xizmat ko'rsatish sektori:

- turli xalqaro grantlar, va akademik mobillik dasturlari (mahalliy va xorijiy OTT lar bilan) bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etish;

- o‘qishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda ro'yxatga olish va fanlarga biriktirish;

- xorijlik talabalarga oliy ta'lim tashkilotidagi o'quv jarayonlari haqida ma'lumot berish;

4. Buxgalteriya va marketing bo' yic ha xizmat ko' rsatish sektori bo'yicha:

- to‘lov-shartnoma summasini aniqiash, hisoblash va taqdim etish, shuningdek, to'lov shartnomasi olish uchun ariza berishga ko'maklashish;

- talabalar o‘zlashtirish ko'rsatkichlari va boshqa hollar uchun stipendiya tayinlash bo‘yicha (dekanat yoki o'quv uslubiy boshqarma tomonidan taqdim etilgan) bildirgi asosida hemis platformasidagi natijalarga ko'ra stipendiya buyrug'ini tayyorlash;

Mehnat faoliyati

2016-1920 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi institut talabasi

2020-2020 yy. – “O‘zbekchorvanasl” agentligi Samarqand viloyat hududiy “Chorvanasl” markazi Paxtachi tumani vakilligi yetakchi mutaxassisi

2020-2022 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Farmakologiya va toksikalogiya kafedrasi magistranti

2020-2021 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekanati uslubchisi

2021-2022 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekanati uslubchisi

2022-2022 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Farmakologiya va toksikalogiya kafedrasi laboranti

2022 y. - h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya kafedrasi assistenti

2025y. – h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Registrator ofis menedjeri