Lavozim vazifalari
- Boʻlimga umumiy rahbarlik qiladi, Boʻlim ishini tashkil etadi, Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomi boʻyicha toʻliq javob beradi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi;
- universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;
- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qiladi va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarni;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini taʼminlaydi va nazorat qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib boradi;
- universitetning faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
- universitet tizimidagi korrupsiyaviy xatti-xarakatlar boʻyicha xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi; odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha kabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi; amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi; korrupsiyaviy hatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi.
- ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
- fuqarolik jamiyati institutlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
- komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul shaxslarni oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;
- universitetda korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga kiritadi;
- boʻlim faoliyatiga taʼluqli masalalar boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi va takliflar tayyorlaydi;
- boʻlim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
- boʻlim faoliyati bilan bogʻliq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ijro intizomiga toʻliq amal qiladi;
- qonun hujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi.
- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan yunalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlaydi;
- universitetda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli takliflarni kiritgan holda rektorga axborot berib boradi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
- universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sosiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti xujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hayʼati karorlari va buyruqlariga, universitet rektori buyruq hamda koʻrsatmalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- universitetda ichki xujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
- universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
- universitetda professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining hatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni koʻrib chiqadi hamda oʻrnatilgan tartibda choralar koʻradi;
- universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reestrini yuritib boradi;
- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
- universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini oʻrganadi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
- universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
- universitet huzuridagi akademik lisyey, Urgut, Samarqand, Andijon va Nukus veterinariya meditsinasi texnikumlari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar Toshkent va Nukus filiallarining korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi faoliyati ustidan nazorat oʻrnatadi;
- universitetda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, taxliliy materiallarni rahbariyatga hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va Oliy taʼlim, fan va inovatsiyalar vazirlikklariga kiritib boradi.
- universitet va uning huzuridagi akademik litsyey, Urgut, Samarqand, Andijon va Nukus veterinariya meditsinasi texnikumlari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar Toshkent va Nukus filiallariga ishga qabul qilish, xodimlarni attestasiyadan oʻtkazish, talaba (magistrant, doktorant, mustakil izlanuvchi)larning imtixonlari (yakuniy, oraliq, malakaviy, yakuniy davlat attestasiyasi, diplom himoyasi) jarayonlarini bevosita yoki videotranslyasiya orqali kuzatib borish, mazkur jarayonlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlashda nazorat qiladi;
- xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida universitet xodimlaridan zarur yordam soʻrash va olish, zarur xollarda ishchi guruhlar tashkil etadi;
- universitet rektoriga komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga oid takliflar kiritadi;
- vakolati doirasida tekshiruvlar oʻtkazish, xujjatlarni talab qilish, universitetning professor-oʻqituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar)dan yozma tushuntirishlar olish, jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muxofaza kiluvchi organlarga xabar beradi;
- oʻz faoliyati doirasida universitetning tarkibiy boʻlinmalariga koʻrsatmalar va tavsiyalar beradi;
- jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda qonunchilik xujjatlari asosida xal etilishi uchun javob beradi.
Boʻlimning vazifa va funksiyalari
Boʻlimning asosiy maqsadi Universitetda, shuningdek, uning tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ISO 37001:2025 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga javob beruvchi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, Universitet xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini taʼminlashdan iborat.
Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ichki hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va yakunlari boʻyicha aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bekor qilish boʻyicha taklif kiritish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, davlat xaridlari boʻyicha preventiv oʻrganishlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda tegishli vazirlik va idoralarga hisobot taqdim etib borish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni olib borish;
tegishli soha va tarmoqda korrupsiyaviy xavf-xatarlar roʻyxatini shakllantirish, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlanishini taʼminlash;
Universitetda korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni amalga oshirish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish va joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.
Boʻlim asosiy vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun birinchi rahbarga kiritadi;
Universitetning faoliyatiga oid ichki hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar loyihalarini OTM tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga mosligi, maqbulligi va dolzarbligi nuqtayi nazaridan baholaydi va xulosalar beradi;
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
Universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi, ularning natijalari boʻyicha aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va tashkilotda korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini yaratadi;
Universitet tomonidan oʻxshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yoʻnalishlari haqida maʼlumot toʻplaydi;
maxsus axborot aloqa kanallari orqali Universitet xodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Universitetda yuritiladigan xizmat tekshiruvlari reyestri yoki oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlarini roʻyxatga oladigan boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari boʻyicha maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliq aks ettirib borilishini nazorat qiladi;
davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvini tahlil qilishda va Universitet bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxslarning ishonchliligini tekshirish jarayonida ishtirok etadi;
Universitet xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha tushuntirish va tavsiyalar beradi;
korrupsiya faktlari haqida xabar berishga moʻljallangan maxsus axborot aloqa kanallarining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni Universitet xodimlariga yetkazadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarida Universitetga yuklatilgan vazifalar ijrosini monitoring qiladi va nazoratini amalga oshiradi;
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2025 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablariga mosligini taʼminlaydi;
oʻquv rejaga muvofiq Universitetning barcha xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha seminar-treninglarning oʻtkazilishini hamda ularda xodimlarning ishtirok etishini nazorat qiladi;
Universitet tizimi xodimlari va fuqarolar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlarida ishtirok etadi;
Universitetning rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimi hamda ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga joylashtirilgan maʼlumotlarning yangilanib borilishini taʼminlaydi;
Universitet tizimidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va tashkilotning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha ichki hujjatlariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qiladi;
Universitetdagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar boʻyicha xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusini ilgari suradi va unda ishtirok etadi;
odob-axloq komissiyalari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning xolisligi va maqbulligini tekshiradi;
amalga oshirilgan monitoring, xizmat tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;
Universitetdagi korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul xodimlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ishlarni tashkil etish va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
Universitet faoliyati uning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki hujjatlariga hamda xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazadi;
Universitet faoliyatidagi korrupsiyaviy holatlarni va xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida xodimlar, talabalar va ularning ota-onalari orasida soʻrovlar oʻtkazadi;
korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va normalarning buzilishi masalalari boʻyicha intizomiy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarga jazo choralarining mutanosibligi va yetarliligini nazorat qiladi;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Universitetda korrupsiya faktlari yuzasidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlari natijalari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi;
har chorakda, keyingi oyning birinchi oʻn kunligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi oylik hisobotni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etadi;
professor-oʻqituvchi, xodimlar va talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
qonunchilik hujjatlari bilan Universitet zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuboradi va ularning soʻrovlariga javob berishda ishtirok etadi;
Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
korrupsiyaviy xatti-harakatlarni bartaraf qilish yoki korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi;
oʻz vakolati doirasidagi yirik investitsiya loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ekspertiza qiladi va baholaydi;
ichki audit xizmati bilan birgalikda asosiy vositalar boʻyicha davlat xaridining qonuniyligini oʻrganadi va tegishli yozma xulosalarini xarid komissiyasiga taqdim etadi;
Universitet tomonidan barcha turdagi ichki buyruq va qarorlarni shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaror, Farmon va farmoyishlari bilan tashkil etilgan komissiya va kengashlarning bayonnomalarini “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinishini (tizimda eʼlon qilinishini) nazorat qilib boradi;
Universitet faoliyati bilan bogʻliq funksiyalarni amalga oshirishda byurokratik holatlar va korrupsiyaviy omillarni aniqlaydi;
Universitetda mavjud byurokratik toʻsiqlar va korrupsiyaviy omillar boʻyicha axborot-tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi, ko rrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, shu jumladan sohada raqamlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va taqdim etadi;
Universitetda korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni amalga oshirish va korrupsiyaviy xavf-xatar omillarini bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
ichki hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish hamda ekspertiza yakunlari boʻyicha aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omilni bartaraf etish choralarini koʻradi yoki bekor qilish boʻyicha Universitet birinchi rahbariga taklif kiritadi.
Boʻlim xodimlari zimmasiga ularning vazifalaridan kelib chiqmaydigan topshiriqlar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boʻlim xodimlarini turli komissiya va ishchi guruhlar faoliyatiga jalb etish taʼqiqlanadi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va/yoki manfaatlar toʻqnashuvi holatlari yuzasidan xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya, odob-axloq komissiyasi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlar bundan mustasno.
Boʻlim (xodimlari) oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalariga boʻysunadi va ularning oldida hisobdor boʻladi.
Boʻlim va xodimlarining vazifalari, funksiyalari Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi faoliyati toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida ishlab chiqildi va OTM birinchi rahbari tomonidan tasdiqlandi(2026-yil 11-iyundagi 168-sonli buyruq).
ISHONCH TELEFONLARI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI: +998557077686 ichki raqami (007)
REKTOR QABULXONASI: +998557077686 ichki raqami (100)
DEVONXONA: +998557077686 ichki raqami (200)
ELEKTRON POCHTA MANZILLARI
ssuv@edu.uz
ssuv@exat.uz
ONLAYN TARZIDA MUROJAT QILSIH MANZILI
TELEGRAM BOT: https://t.me/SDVU_coruption_bot

Davlat xaridlarini o'tkazish to'g'risidagi nizom
Ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo'yicha yo'riqnoma
Kontragentlarni tekshirishga oid yo'riqnoma
Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti
Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti
Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish bo'yicha nizom
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o'qitilishini tashkil qilish bo'yicha yo'riqnoma
Xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi DEKLARATSIYASI
1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurasish bo'yicha ichki tartib - taomillardan xabardorligi
2. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurasish sohasida bilim va ko'niklmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITEI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI TOMONIDAN OLIB BORILGAN TARG'IBOT MATERIALLARI
ME’YORIY HUJJATLAR TO'PLAMI USLUBIY TAVSIYALAR QOʻLLANMA







.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)




Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Gapparov Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabalariga shu mavzuda Ma’rifat darsi mashg‘ulotini o‘tdi.
Dars jarayonida mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilfyotgani, xalqimiz tinchligi, farovonligi yo‘lida olib borilayotgan bunday islohotlar o‘zining real natijalarini berayotgani haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarga mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, jonajon Yangi O‘zbekistonni dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishda munosib hissa qo‘shishlari lozimligi xususida fikrlar bildirdi.
Shuningdek, dars jarayonida mamlakatimizda ro‘y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga to‘xtalib, 2025-yil 3-mart kuni mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlikdagi loyihalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda mamlakatimizda agrosanoat tarmoqlari samaradorligini oshirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlarini joriy etishning dolzarb masalalari muhokama etilganini aytib o‘tdi.
Muhim voqealardan bo‘lgan 2025-yil 5-mart kuni mamlakatimiz rahbari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishini o‘tkazib, korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi tizimi yaratilib, unga qarshi kurashadigan Agentlik tashkil etilgani, “Shaffof qurilish” dasturi joriy qilingani, joriy yilning 5-martida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning SHHT Bosh kotibi Nurlan Yermekbayevning qabul qilingani, uchrashuvda Samarqand sammitida boshlangan SHHT faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, jumladan tashkilotning barcha tuzulmalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha masalalar tahlil etilgani, 2025-yilning 6-mart kuni mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib, Misr Arab Respublikasi, Italiya, Qirg‘iz Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Turkiyaning elchilari ishonch yorliqlarini topshirgani, 2025-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi amalga oshirilgani kabi muhim voqealar xususida ma’lumot berdi.






