|
Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga,Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlariga va Xayʼati qarorlariga, mazkur Nizom, universitetning ichki buyruqlari, shuningdek boshqa qonun xujjatlariga amal qiladi.
ISHONCH TELEFONLARI
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI: +998557077686 ichki raqami (007)
REKTOR QABULXONASI: +998557077686 ichki raqami (100)
DEVONXONA: +998557077686 ichki raqami (200)
ELEKTRON POCHTA MANZILLARI
ssuv@edu.uz
ssuv@exat.uz
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MANZILLARI
https://www.youtube.com/@ssuv.education
www.facebook.com/ssuv.education
https://www.instagram.com/ssuv.education
TELEGRAM BOT: https://t.me/SDVU_coruption_bot
.
DASTURLAR
TADBIRLAR
DAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITEI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH «KOMPLAYENS-NAZORAT» TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI TOMONIDAN OLIB BORILGAN TARG'IBOT MATERIALLARI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Gapparov Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti talabalariga shu mavzuda Ma’rifat darsi mashg‘ulotini o‘tdi.
Dars jarayonida mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilfyotgani, xalqimiz tinchligi, farovonligi yo‘lida olib borilayotgan bunday islohotlar o‘zining real natijalarini berayotgani haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarga mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, jonajon Yangi O‘zbekistonni dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishda munosib hissa qo‘shishlari lozimligi xususida fikrlar bildirdi.
Shuningdek, dars jarayonida mamlakatimizda ro‘y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga to‘xtalib, 2025-yil 3-mart kuni mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlikdagi loyihalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda mamlakatimizda agrosanoat tarmoqlari samaradorligini oshirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlarini joriy etishning dolzarb masalalari muhokama etilganini aytib o‘tdi.
Muhim voqealardan bo‘lgan 2025-yil 5-mart kuni mamlakatimiz rahbari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishini o‘tkazib, korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi tizimi yaratilib, unga qarshi kurashadigan Agentlik tashkil etilgani, “Shaffof qurilish” dasturi joriy qilingani, joriy yilning 5-martida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning SHHT Bosh kotibi Nurlan Yermekbayevning qabul qilingani, uchrashuvda Samarqand sammitida boshlangan SHHT faoliyatini modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, jumladan tashkilotning barcha tuzulmalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha masalalar tahlil etilgani, 2025-yilning 6-mart kuni mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib, Misr Arab Respublikasi, Italiya, Qirg‘iz Respublikasi, Belarus Respublikasi, Gruziya, Turkiyaning elchilari ishonch yorliqlarini topshirgani, 2025-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi amalga oshirilgani kabi muhim voqealar xususida ma’lumot berdi.