Tadqiqot sohalari
· Zootexniya (Chorvachilik)
· Zoo-genetik-injiniring
Shaxsiy ma’lumotlar
Ravshan Daniyerov 2018-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (bakalavr) 2020-yilda (magistratura)ni tamomlagan. 2022-2024-yillarda Oliy ta’limdan keyingi ta’limning 06.02.03 – “Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) shaklini tamomlagan.
Lavozim vazifalari:
dars jadvallari haqida maʼlumot taqdim etish;
qayta oʻqish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar toʻgʻrisida talabalarga maʼlumot taqdim etish;
sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalar uchun chaqiruv qogʻozini shakllantirish;
akademik maʼlumotnoma va transkript berish;
imtihonlar roʻyxatini taqdim etish;
oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura (klinik ordinatura) bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirishga yordam berish;
talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;
talabalarning “HEMIS” axborot tizimidagi parolini tiklash;
talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
oliy taʼlim tashkilotida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish;
qatʼiy hisobdagi hujjatlar shakllarini (diplom, diplomga ilova, akademik sertifikatlar va boshqalar) taqdim etish;
qatʼiy hisobdagi blankalarini (diplom blankalari, akademik guvohnomalar, diplom ilovasi va boshqalar) qabul qilish, saqlash va berishni tashkil etish;
akademik qarzdor talabalarni aniqlash;
ishga joylashgan bitiruvchilar haqida maʼlumotlarni olish va kiritish;
ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish;
talabalarning yotoqxonalarga joylashishi uchun ariza berishga koʻmaklashish;
ijara asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmagan holda) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va tavsiyalar berish;
talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
potensial ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirish va talabalarga yetkazish.
bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlar (ishga yuborilganlik toʻgʻrisida yoʻllanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga yetkazish.
Mehnat faoliyati:
2014-2018 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti talabasi (bakalavr)
2018-2020 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti magistranti
2020-2022 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi I toifa muhandisi
2022-2024 yy. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti
2025 y.- fevral oyidan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Registra tor ofisi Xizmat ko‘rsatish (front office) bo‘limi menejeri