Tadqiqot sohalari
- Veterinariya
- Veterinariya parazitologiyasi
- Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi
Shaxsiy ma’lumotlar
Davlatov Ravshan 1989-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1993-yilda 03.00.06 – “Zoologiya” (veterinariya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi, 2008-yilda 03.00.06 –“Zoologiya” (veterinariya fanlari), 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha veterinariya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi” (2016), “30 yilligi” (2021), “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” (2023) ko‘krak nishonlari va “Yilning eng yaxshi veterinariya ustozi” (2017) unvoni bilan taqdirlangan.
Lavozim vazifalari
- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish;
- Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlari asosida fakultetda o‘quv jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
- Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va boʻlimlar, kafedra mudirlari va pedagog kadrlarning toʻliq bilishini taʼminlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini va topshiriqlarini, Hayʼati qarorlarini, fakultetda o‘quv jarayonlariga oid masalalar boʻyicha universitetning kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- Ilgʻor oliy ta’lim muassasalarining taʼlim tizimining rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
- O‘quv jarayonlarini tashkil etish boʻyicha dekanning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
- Oliy taʼlim muassasalari bilan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-oʻqituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
- Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun xalqaro loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
- Taʼlim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni taʼminlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Universitetda magistratura, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlanishni taʼminlash hamda universitet xorijiy xodimlarining oʻz vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ixtisoslashgan kengashlarni ochilishiga koʻmaklashish;
- Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
- Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
- Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.
Mehnat faoliyati
- 1989-1990 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti parazitologiya kafedrasi laboranti, ilmiy xodimi
- 1990-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti parazitologiya kafedrasi aspiranti, assistenti, dotsenti
- 2004-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti parazitologiya va vetakusherlik kafedrasi mudiri
- 2004-2009 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlar kasalliklari va parazitologiya kafedrasi dotsenti
- 2009-2011 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlar kasalliklari va parazitologiya kafedrasi mudiri
- 2011-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, o‘rindoshlik asosida hayvonlar kasalliklari va parazitologiya kafedrasi professori
- 2018-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi institutini veterinariya diagnostikasi va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti dekani, o‘rindoshlik asosida parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi professori
- 2023 y. - h.v. - Samarkand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veterinariya diagnostikasi va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti dekani, o‘rindoshlik asosida parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi professori