WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Aliyarov Soatmo‘min Abdixamid o‘g‘li

O‘quv ishlari bo’yicha dekan o‘rinbosari

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya

Shaxsiy ma’lumotlar

Aliyarov Soatmo‘min 2019-yilda Samarqand veterinariya meditsiasi institutini tamomlagan. 2021-yilda 5A440111 – “Hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi” mutaxasislikda magistr darajasini olgan.

Lavozim vazifalari

  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshirish;
  • Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlari asosida  fakultetda ta’lim jarayonini tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash;
  • Oliy taʼlim Davlat taʼlim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini barcha kafedra mudirlari va pedagog kadrlarning toʻliq bilishini taʼminlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini va topshiriqlarini, Hayʼati qarorlarini, universitetning kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni baarish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
  • Oʻzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Mehnat faoliyati

  • 2015-2019 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti   talabasi
  • 2019-2021 yy. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti  magistri
  • 2020 – 2021 -yy- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi  laboranti  
  • 2022 –h.v.- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti
  • 2024 –h.v- Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavsizligi fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o’rinbosari