Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma‘lumotlar
Jabborov G‘iyosjon 2015-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2017-yilda Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tugatgan.
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 30 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirgan.
Hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda fakultetda o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayatgan ishlarga professor-o‘qituvchilar, xodimlar, magistrlar va talabalarni jalb qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, yoshlarni turli tanlovlarga jalb qilish, milliy va xalqaro loyihalarni qo‘lga kiritish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Lavozim vazifalari
• Fakultet dekanati, professor-o‘qituvchilari va xodimlari faoliyatini va umumiy boshqarish;
• Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv- uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
• O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
• Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
• Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
• Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
• Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
• Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
• Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
• Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
• Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish;
• Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
• Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
• Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
• Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va h.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
• Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
• Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.
Bilishi kerak:
Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning hay’at qarorlari, buyruqlari, OTMi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMi yillik va istiqboli rejalarini bilishi;
Malaka talablari:
• Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
Mehnat faoliyati
2011-2015 yy. -Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
2015-2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti magistranti
2017-2018 yy.- Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qorako‘lchilik hayvonlarni oziqlantirish va gigiena kafedrasi assistenti
2018-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi assistenti
2019-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi institutiparazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi assistenti,o‘rindoshlik asosida veterinariya diagnostikasi va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2022-2023 yy.- Samarkand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti veterinariya diagnostikasi va oziq ovqat xavfsizligi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, o‘rindoshlik asosida parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi assistenti
2023-2024 yy.- Samarkand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalaruniversiteti parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi assistenti
2025 yy.- Samarkand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya va mahsulotlani qayta ishlash texnologiyasi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, o‘rindoshlik asosida parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi assistenti