Tadqiqot sohalari
Veterinariya
Shaxsiy ma’lumotlar
Nuriddinov Boboxon Yallaboyevich –Veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PHD) 1992-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1992-1996-yillar Payariq tumani Xalqobod jamoa xo‘jaligi katta veterinariya vrachi lavozimida faoliyat yuritgan 1996-1999-yillari Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspirantura bosiqichini tamomlab 1999-2001-yillari Yoshlik fermer xo‘jaligi bosh hisobchi, 2001-2009 yillar Samarqand qishloq xo‘jalik institutining qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish kafedrasi hamda Yaylov chorvachiligi va hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi kafedralarida assistent lavozimida ishlagan. 2009-2012-yillari Samarqand viloyati Payariq tumani Xalqabod maishiy xizmat va servis kasb-hunar kolleji direktori, 2012-2015-yillari Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2015-2018-yillari Samarqand qishloq xo‘jalik instituti zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti dekani, 2018 -2019-yillari Samarqand veterinariya medisinasi instituti «Farmakologiya, taksikologiya va veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyenasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2019- 2021-yillari Samarqand veterinariya medisinasi instituti veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena» kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2019- 2021-yillari Samarqand veterinariya medisinasi instituti Sirtqi bo‘limida o‘rindoshlik asosida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2021-2025-yillari Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i va “Xayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena” kafedrasi, o‘rindoshlik asosidagi katta o‘qituvchisi, 2025-yil fevral oyidan Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya va maxsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda
Lavozim vazifalari
Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirilib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish
Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash.
Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash:
Talabalarming bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash,
Stajyor tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
Fakultet tarkibidagi ta'lim yo‘nalishlariga taalluqlı darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish,
Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tadbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
Fakultet kengashini faoliyatini boshqarish;
Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi masalalari va hk.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
Oliy ta'lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojini o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar,. jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini urnatish,
Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta'lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z xisob raqamiga ega bo‘lgan aloxida «Markaz», «Kurs» va hk.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish.
Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.
Mehnat faoliyati
1986-1987 yy. - Samarqand viloyati Payariq tumani Kirov nomli sovxozda ishchi
1987-1992 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
1992-1996 yy. - Payariq tumani Xalqobod jamoa xo‘jaligi katta veterinariya vrachi
1996-1999 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranti
1999-2001 yy. - Yoshlik fermer xo‘jaligi bosh hisobchisi
2001-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish kafedrasi assistenti
2004-2009 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti yaylov chorvachiligi va hayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi kafedrasi assistenti
2009-2012 yy. - Samarqand viloyati Payariq tumani Xalqabod maishiy xizmat va servis kasb-hunar kolleji direktori
2012-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2015-2018 yy - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti dekani
2018 -2019yy - Samarqand veterinariya medisinasi instituti «Farmakologiya, taksikologiya va veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyenasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi
2019- 2021 yy -Samarqand veterinariya medisinasi instituti veterinariya sanitariya ekspertizasi va gigiyena» kafedrasi katta o‘qituvchisi,
2019- 2021 yy -Samarqand veterinariya medisinasi instituti Sirtqi bo‘limida o‘rindoshlik asosida o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2021-2025 yy - Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i va «Xayvonlarni oziqlantirish texnologiyasi va zoogigiyena » kafedrasi, o‘rindoshlik asosida katta o‘qituvchisi
2025-y.x.v Samarqand veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya va maxsulotlarni kayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani va “Xayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi” kafedrasi, o‘rindoshlik asosida katta o‘qituvchisi