WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Azamatov Shexroz Ubaydillo o‘g‘li

Biotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Biologiya
  • Biotexnologiya
  • O‘simlik fiziologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar

2013-yildan 2017 yilgacha Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2017- yildan 2019 yillar davomida Urgut tumani 143- maktab Biologiya fani o‘qituvchisi

2019-yildan 2021 yillar davomida  Samarqand davlat universiteti magistrantura bosqichini tamomlagan.

Sh.U.Azamatov mehnat faoliyatini 2021-yildan 2022-yilgacha - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Biotexnologiya” kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.

 2022-yildan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Lavozim vazifalari

• O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasasining buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

• Fakultetda tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

• Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarini to‘ldirishni tashkil etish;

• Talabalarning kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etishini kundalik nazoratga olish;

• Fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda ular asosida umumiy ish rejani shakllantirish, fakultet Kengashida tasdiqlash;

• Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;

• Fakultet Kengashi rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga qo‘yish;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish;

• Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyo qarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyisi bo‘lib etishtirishga qaratilgan ma’naviy ishlarni tashkil qilish;

• Oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash;

• Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;

• Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish;

• Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilinadigan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik ko‘nikmasini shakllantirish;

• Direktor, O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish;

• Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish;

• Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish;

• Ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;

• Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish;

• Murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”ni o‘tilishi, mazmunini doimiy nazoratga olish;

• Talabalarning ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetda  “Ota-onalar kuni” tadbirini uyushtirish;

• O‘quv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish;

• Har semestr yakunida fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlari yuzasidan hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish;

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatgan faollarni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish;

• Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muammoli talabalar bilan individual ishlash;

• Fakultet binosi, kafedralar va o‘quv xonalarining targ‘ibot plakatlar bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondoshish;

• O‘zining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish.

Mehnat faoliyati

·  2013-2017 yy. - Samarqand Davlat Universiteti talabasi

·  2017-2019 yy. - Urgut tuman 143-umumta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi

·  2019-2021 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

·  2021-2022 yy. - Samarqand davlat veterinariya medisinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti biotexnologiya kafedrasida assistent

·  2022 y. -  h.v.  - Samarqand davlat veterinariya medisinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti biotexnologiya fakultetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari