WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Nurniyozov Aktam Abdunazarovich

Biotexnologiya fakulteti dekani

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Biologiya
  • Ekologiya
  • Botanika

Shaxsiy ma’lumotlar

2007-yildan 2011 yilgacha Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2011- yildan 2013 yillar davomida  Samarqand davlat universiteti magistrantura bosqichini tamomlagan.

A.A.Nurniyozov  mehnat faoliyatini 2013-yildan 2017-yilgacha - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan.

 2017-yildan 2018-yilgacha Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib  borgan.

2018-yildan 2020-yildan   Samarqand veterinariya medisinasi instituti Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida ishlagan. A.Nurniyozov 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya medisinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mustqailligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Lavozim vazifalari

·O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, fakultet faoliyatiga tegishli ToshDO‘TAU buyruqlari bajarilishini ta’minlash;

· O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talablarga yetkazib borish;

· Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;

· Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;

· O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzilishini tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish;

· Talabalarning o‘zlashtirishi va davomatini tekshirishni, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:

· Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq loyihasini tayyorlash;

· Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;

· Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;

· Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish;

· Talabalarni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;

· Stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;

· Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;

Mehnat faoliyati

·  2007-2011 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

·  2011-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

· 2013-2017 yy - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti myeva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti

· 2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti myeva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

· 2018-2020yy.  - Samarqand veterinariya medisinasi instituti biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

· 2022 y.h.v     -    Samarqand davlat veterinariya medisinasi chorvachilik va biotexbologiyalar universiteti biotexnologiya, fakulteti dekani