Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon

Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Hayvonlar morfologiyasi.
•Hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi 
Shaxsiy ma’lumotlar
Aminov Suhrob Davlatbek o'g'li 2004-yil 21-noyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ulgan. Aminov Suhrob Davlatbek o'g'li 2022-yilda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 1-bosqichiga qabul qilingan. 2024-yil Qo‘mita tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika fan olimpiadasida “Hayvonlar morfologiyasi” fanidan faxirli III-o‘rinni egallaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.T.Norqobilov tomonidan  III-darajali diplom va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.2024-yil Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Eng faol yil talabasi” Respublika tanlovining universitet boshqichida “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha II-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Lavozim vazifalari
Xizmat vazifasiga kuyidagilar kiradi:
•O‘quv-uslubiy boshqarma yuritilishini ta’minlash; nomenklaturasi bo‘yicha xujjatlar
•O‘quv-uslubiy boshqarma faoliyatiga doir buyruqlar, qaror loyihalari, xizmat xatlari va shu kabi xujjatlarni tayyorlash, belgilangan tartibda rasmiylashtirish va tegishli tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish;
•O‘quv-uslubiy boshqarmaga murojaat kilgan fuqarolar haqida maxsus kitob yuritish;
•O‘quv-uslubiy boshqarmaga kelgan xujjatlar kayd etilishini tashkil etish;
•Universitetning boshqa bo‘linmalaridan olingan topshiriq va xujjatlarni rahbarga o‘z vaqtida yetkazish;
•Telefonogramma, modemogrammalarni qabul qilish va jo‘natish;
•Majlis bayonnomalarini rasmiylashtirish;
•O‘quv-uslubiy boshqarmaga tegishli xujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
•O‘zi ishlayotgan xonaning sanitariya-gigiyena qoidasiga rioya etish va tozaligini saqlash.

Bilishi kerak:
•Ish yuritishga oid nizomlar va yo‘riqnomalarni ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muxofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi himoya qoidalari va meyorlarini bilishi.
Malaka talablari:
•Kompyuterda ishlashni, yozishni, orfografiya qoidalari va tinish belgilarni, xar xil xujjatlarni chop etish vaqtida materialni joylashtirish tartibini, namunaviy shakllardan foydalangan xolda ishga oid xatlarni chop etish qoidalarini uzlashtirgan bo‘lishi;
•O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
Mehnat faoliyati
•2022 – yil oktabr oyidan  hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiyeti veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talabasi
•2022 – yil oktabr oyidan  hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiyeti veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti ish yurituvchisi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita