WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

ICHKI YUQUMSIZ KASALLIKLAR KAFEDRASI


    Kafedra 1932 yilda “Ichki yuqumsiz kasalliklar va klinik diagnostika” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan bo‘lib, kafedraga dastlab dotsent S.G.Yudin rahbarlik qilgan. Keyinchalik kafedraga professorlar N.T.Vasilev, R.M.Voskonyan, A.A.Pokudin, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor X.Z.Ibragimov (1963-1987), dotsent M.S.Xabiyev (1987-1990), dotsent P.B.Boboyev (1990-1992), professor Q.N.Norboyev (1992-2004), professor R.B.Davlatov (2004-2011), dotsent B.Bakirov (2011-2014), dotsent B.M.Eshburiyev (2015-2019), professor B.Bakirov (2019-2020) dotsent N.B.Ro‘ziqulov (2019-2024)   mudirlik qilishgan. 2024 yil oktyabr oyidan boshlab kafedraga veterinariya fanlari doktori dotsent S.B.Eshbo‘riyev mudirlik qilib kelmoqda.

    Hozirgi kunda kafedrada jami 18 nafar professor-o‘qituvchilar bo‘lib, shundan, asosiy shtatda 2 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar PhD, dotsent, 2 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 1 nafar PhD, katta o‘qituvchi, 2 nafar PhD, assistent va 5 nafar ilmiy darajasiz assistentlar hamda tashqi o‘rindoshlik asosida (soatbay) 1 nafar fan doktori, dotsent, 1 nafar fan nomzodi, professor va 1 nafar fan nomzodi, dotsent ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda.

   Bulardan tashqari, kafedrada 1 nafar tayanch doktorant, 1 nafar laboratoriya mudiri va 2 nafar laborant mavjud. Kafedrada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar maxsus jixozlangan auditoriyalarda, kasal hamda sog‘lom hayvonlar, uslubiy-didaktik materiallar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yangi pedagogik va interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda, laboratoriya mashg‘ulotlari esa an’anaviy o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari bilan bir qatorda yangidan keltirilgan zamonaviy “Gematologiya” laboratoriyasida o‘tkazilmoqda. 

   Mustaqillik yillarida kafedrada 9 ta nomzodlik (A.J.Raxmonov, 1992; B.M.Eshburiyev, 1993; A.O.Raxmonov, 1994; Sh.S.Mamatov, 1995; A.O‘rozov, 1998; D.Yadixanov, 2001; Z.Xodjaniyazova, 2002; N.B.Ro‘ziqulov, 2010; S.B.Eshburiyev, 2012), 4 ta PhD (U.A.Raxmonov, 2020; M.Sulaymanov, O.Boboyev, B.Xayitov, 2022) va 4 ta doktorlik (Q.N.Norboyev,1992; B.Bakirov, 2016; B.M.Eshburiyev, 2016; S.B.Eshburiyev, 2017) dissertatsiyalari himoya qilingan.

   Keyingi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya, 30 ta uslubiy qo‘llanmalar, 32 ta tavsiyanoma, 700 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, 2 ta patent va 12 ta mualliflik guvohnomalari olingan. 9 ta fan bo‘yicha chet el adabiyotlaridan foydalanilgan holda yangi tartibdagi o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan.

   Kafedra olimlari tomonida “Mikrovit”, “Ultaketost”, “LPP-1, LPP-2 (premiks)”, “Gepastimulin”, “Fexoselen”, “Ovariotropin”, “Elektrolitli-degidratatsion eritma”, “Vitamiks (premiks), “Krisid”, “Dezokar”, “Qalqonsimon bez ekstrakti” kabi preparatlar yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan.

    Kafedra jamoasi tomonidan Tennezze davlat universiteti, Minnesota universiteti (AQSh), Porto universiteti (Portugaliya), Piza va Padova universitetlari (Italiya) Nitra qishloq xo‘jalik universiteti (Slovakiya), Tartu amaliy bilimlar universiteti (Estoniya), Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (Latviya), Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston), Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, Bashkeriya davlat agrar universiteti (Rossiya), Tarm universiteti (Xitoy), Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (Belarus), Turkmaniston qishloq xo‘jalik instituti (Turkmaniston), O‘sh davlat universiteti, Qirg‘iz milliy agrar universiteti, Qirg‘iz-Turk “Manas” universiteti (Qirg‘iziston) bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari “UZHEALTH”, “SPHERA”, “BUZNET”, “Hamkor mamlakatlar oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalari uchun safabarlik loyihasi” kabi xalqaro ta’lim loyihalarida faol ishtirok etishgan.

    Hozirgi kunda kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari AQShning Minnesota universiteti bilan hamkorlikda 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan “Twinning program” xalqaro loyihasida qatnashishmoqda.

    Kafedra professor-o‘qituvchilaridan N.B.Ro‘ziqulov, Q.Norboyev, B.Bakirov, M.Safarov, U.Raxmonov, S.Asqarovlar bir qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishgan, vebinar-uchrashuvlar o‘tkazgan va oflayn va onlayn ma’ruzalar o‘qishgan.

 

O'qituvchi va xodimlar

Awesome Image

Eshburiyev Sobir Baxtiyorovich

Awesome Image

Ro‘ziqulov Nuriddin Bolliyevich

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi.

nbolliyevich@gmail.com;iqtidor0179@mail.ru

+99890 2242541

Awesome Image

Abdumajitov Vali Baxtiyorivich

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti.

abdumajitovvali@ssuv.uz

+99891.547-85-97

Awesome Image

Asqarov Saloxiddin Saitazim o`g`li

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti.

salohiddin1108@ssuv.uz

+99890 6017792

Awesome Image

Boboyev Oybek Rayimovich

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti.

boboevoybek@ssuv.uz

+99897 922 40 83

Awesome Image

Botirova Shohista Abdiqaharovna

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi assistenti..

botirova_m@ssuv.uz

+998944717872

Awesome Image

NORBOYEV QURBON NORBOYEVICH

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi professori veterinariya fanlari doktori .

norboyev_k@ssuv.uz

+9989027009080

Awesome Image

Nurmuxamedov Baxron Mamadaliyevich

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent .

nurmuxamedov_b@ssuv.uz

+99890 270 98 06

Awesome Image

Raxmonov Umid Azamatovich

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi dotsenti, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

raxmonov_u@ssuv.uz

+99893 353 67 47