WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Eshburiyev Sobir Baxtiyorovich

Kafedra mudiri

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya meditsinasi
  • Ichki yuqumsiz kasalliklar
  • Metabolizm patologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar

    Eshburiyev Sobir Baxtiyorovich 1981 yil 29 noyabrda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida, ziyoli oilasida tug‘ilgan.

2000 yilda o‘rta maktabni tugatib, shu yili Samarqand qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirgan. 2004 yilda bakalavr, 2007 yilda esa magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2007-2009 yillarda aspiranturada, 2017-2017 yillarda doktoranturada tahsil olgan.

2011-2014 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Hayvonlar kasalliklari va parazitologiya» kafedrasi assistenti, 2014-2016 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi» ixtisosligi bo’yicha katta ilmiy xodim izlanuvchi, 2017-2018 yillarda Samarqand qishloq xo’jalik instituti “Hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya” kafedrasi assistenti, 2018-2019 yillarda Samarqand veterinariya medisinasi instituti “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi assistenti, o’rindoshlik asosida DSc.30.08.2018.V/12.01 raqamli ilmiy  darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, 2019-2020 yillarda Samarqand veterinariya medisinasi instituti “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi dosenti, 2021-2023 yillarda Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi va Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi dosenti (ichki o’rindoshlik asosida) lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

    S.B.Eshburiyev 2011 yilda v.f.d., professor Q.N.Norboyev ilmiy rahbarligida nomzodlik, 2017 yilda fan doktori dissertasiyasini himoya qilgan. 2021 yilda dosent ilmiy unvoniga ega bo’lgan. 2 ta darslik, 2 ta o’quv qo’llanma, 4 ta uslubiy qo’llanma, 150 ga yaqin ilmiy maqola (shu jumladan, 21 ta xorijiy jurnallarda) ilmiy maqolalar chop etgan. 2 ta Monografiya, 8 ta Tavsiyanoma va 4 ta ixtiro muallifi. 10 nafar magistrantga, 1 nafar Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sovrindoriga ilmiy rahbarlik qilgan.

    S.B.Eshburiyev 3 nafar veterinariya fanlari falsafa doktorlariga (PhD) ilmiy rahbarlik qilgan.

    Hozirgi kunda 5 nafar mustaqil tadqiqotchi (PhD)ga va 4 nafar magistrantga ilmiy rahbarlik qilmoqda. 

   Qozoq milliy agrar tadqiqotlari universitetining veterinariya medisinasi ta’lim yo’nalishi talabalariga (2024 y) Ichki yuqumsiz kasalliklar fanidan onlayn ma’ruza o’qigan.

S.B.Eshburiyev  2018 yildan boshlab DSc.30.08.2018.V/12.01 raqamli ilmiy  darajalar beruvchi ilmiy kengash va uning huzuridagi ilmiy seminar a’zosi, 2024 yildan “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.