Tadqiqot sohalari
•Veterinariya
•Qoramollar va qo‘ylarda jigar kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishlari va bepushtliklarni kelib chiqish sabablari, ularni oldini olishning samarali uslub va vositalarini yaratish
Shaxsiy ma’lumotlar
Q.N.Norboyev 1949 yilda tug’ilgan, ma’lumoti oliy, 1972 yilda Samarqand qishloq xo’jalik institutining veterinariya fakultetini tamomlagan, ixtisosligi bo‘yicha veterinariya vrachi. Samarqand qishloq xo’jalik institutida (hozirgi Samarqand DVMChB Universitetida)1972 yildan beri ishlaydi, veterinariya fanlari doktori, professor. 1980 yilda K.I.Skryabin nomidagi Moskva veterinariya akademiyasida "Диагностика и профилактика нарушения белково-минерального обмена у овец в плане диспансеризации" mavzusida va 1991 yilda Sank-Peterburg veterinariya akademiyasida "Токсическая дистрофия печени у овец при откорме" mavzusida 16.00.01- hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish va davolash ixtisosligi bo‘ycha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1994 yildan buyon professor lavozimida ishlab kelmoqda.
Q.N.Norboyev veterinariya sohasida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan, fanni shaxsiy ilmiy yutuqlari va xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim.
Q.N.Norboyev "Qoramollar va qo‘ylarda jigar kasalliklari, moddalar almashinuvi buzilishlari va bepushtliklarni kelib chiqish sabablari, ularni oldini olishning samarali uslub va vositalarini yaratish" yo‘nalishi bo’yicha ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari hisoblanib, bu sohada 6 nafar fan nomzodlari, 3 nafar falsafa doktori (PhD) va 4 nafar fan doktorlari(DSc) tayyorlagan.
Q.N.Norboyev tomonidan e’lon qilingan ishlar soni jami 285 ta, shulardan 3 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma, 5 ta mualliflik guvohnomasi, 2 ta patent, 23 ta tavsiyanoma chop etilgan. Maqolalarning 35 tasi xorijiy jurnallarda, 54 tasi OAK e’tirof etgan jurnallarda e’lon qilingan.
Q.N.Norboyev tomonidan 9 ta yangi veterinariya preparatlari: Vitamik, Mikrovit, LPP-1, Elektrolitli degidrotasion eritma, Krыsid, Dezokar, Ovariotropin, DOB, Ruminaktiv hamda qoramollar va qo’ylar uchun vitaminlar va mineral moddalar bilan boyitilgan granula holatidagi omuxta yem resepti yaratilgan. Yangi veterinariya preparatlari va vitamin va minerallar bilan boyitilgan granulalagan omuxta yem "Uzstandart" agentligida ro’yxatga olingan va u rahbarlik qilayotgan "ZAFAR" МChJ da ishlab chiqarilib Respublikamizning Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari chorvachilik fermer xo’jaliklarida amaliyotga keng joriy qilingan.
Q.N.Norboyev rahbarligida quyidagi ilmiy amaliy loyihalar bajarilgan:
1. QXA-11-283- "Zarafshon vohasi sharoitida hayvonlarning endemik kasalliklarini oldini olish orqali ularning mahsuldorligini oshirish" (2005-2008y.y); 2. QXA-9-115- "O‘zbekistonning qoramolchilik fermer xo’jaliklarida sigirlarda modda almashinuvi buzilishi va bepushtlikni profilaktika qilishning samarali uslub va vositalarini yaratish" (2012-2014y.y); 3. QXA-9-039-1-2015- "Buzoqlar yuqumsiz kasalliklarining etiopatogenezi, ularni davolash va oldini olishning uslub va vositalarini takomillashtirish" (2015-2017 y.y); 4. Xalqaro ilmiy hamkorlikda 544445-TEMPUS-1-2013-1-IT-SMHES dasturi bo’yicha O‘zbekiston Respublikasida jamoat sog’ligini saqlashni yaxshilash o’rganish va o‘qitishda oliy ta’lim tizimi "UZHELTH" loyihasini bajarilishida ishtiroq etdi (buyruq №170 / 16.04.2014y).
Universitetning Veterinariya medisinasi ta’lim yo‘nalishi bo’yicha AQShning Minnesota universiteti bilan xamkorlikda 2020-2024 yillari bajarishga mo’ljallangan "Twinning" loyihasida ishtirok etib kelmoqda.
Q.N.Norboyev Samarqand DVMChB universiteti qoshidagi DSc.06/30.12.2019.V.12.01. raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi o’rinbosari, 2009 yildan mazkur kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi. Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti uslubiy komissiyasi raisi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi (2011yil), “25 yilligi” (2016 yil), 30 yilligi (2021yil), O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi (2022 yil), ko‘krak nishonlari fidoyisi va “Yilning eng yaxshi veterinariya ustozi” (2017) unvonlari bilan taqdirlangan.