Awesome Image

Bakirov Baxtiyar

Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi professori

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Metabolizm buzilishlari va jigar kasalliklari

Shaxsiy ma’lumotlar

    Bakirov Baxtiyar 1978-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2016-yilda 16.00.01 - “Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari doktori (Dsc) ilmiy darajasini, 2018-yilda professor unvonini olgan.

    Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 5 ta tavsiyanoma, 5 ta darslik va 10 ta o’quv qo‘llanma chop ettirgan. 3 nafar fan doktori va 25 nafar magistr tayyorlagan. Hozirgi kunda 7 nafar bo’lajak fan doktoriga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

    Professor Bakirov B.  еtakchi xorijiy oliygohlar (EMU, Estoniya, 2017; UNIC, Kipr, 2018; TroiskGAU, Rossiya, 2019) da malaka oshirish kurslarida bo'lgan, seminar-treninglar hamda vebinarlarda ishtirok etgan va safar ma'ruzalarini o'qigan. Markaziy Osiyoning qator oliygohlari (TQXI,2018,2019,2020,2021; OShDU, 2021; KazNAIY, 2023.2024) talabalariga veterinariya ilm-fanining dolzarb muammolariga bag'ishlangan onlayn ma'ruzalar o'qigan va o'qib kelmoqda.

    Professor Bakirov B. 2011 - 2020   yy. davomida      kafedra mudiri lavozimida samarali faoliyat olib borgan va 2017 yilda O'zbekiston Respublikasining veterinariya oliygohlari doirasida    «Mutaxassisligi bo'yicha eng yaxshi pedagog» nominasiyasining g'olibi bo’lgan.

    Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra, fakultet va universitetning o‘quv - uslubiy va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish va ularni Respublika fan olimpiadalariga tayorlash, shuningdek, talabalar hayotida sog`lom turmush tarzini  shakllantirish va korruptsiya qarshi kurashish tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

    Bakirov B. Veterinariya  ilm-fani va amaliyotiga qo'shgan munosib hissalari uchun     «O'ninchi besh yillik ilg'ori» (1980), «O'zbekiston respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga» (2011), «O'zbekiston respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» (2021), «O'zbekiston respublikasining veterinariya fidoyisi»  (2022) ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan.

     Bakirov B. O’RVCHRQ huzuridagi Ilmiy-texnik kengash hamda SamDVMCHBU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.08.2018.V.12.01 raqamli ilmiy kengash a’zosi.   Universitet jamoatchilik kengashining raisi

O'zbek,   rus va ingliz tillarida muloqat qiladi. Oilali.