Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
◆ Sahifa

PARAZITOLOGIYA KAFEDRASI

  • Asosiy
  • PARAZITOLOGIYA KAFEDRASI
Kafedra ma'lumoti

PARAZITOLOGIYA KAFEDRASI

    Parazitologiya kafedrasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining 2025-yil 11-yanvardagi “Universitetning o‘gartirish va qo‘shimchalar kiritilgan tashkiliy tuzilmasining tasdiqlashlash to‘g‘risidagi” 9-sonli buyrug‘i bilan (sobiq “Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi negizida) tashkil qilingan.

   Kafedraga turli yillar davrlarda professor N.V.Badanin, akademik I.X.Ergashev, dotsent T.A.Abduraxmonov, professor R.B.Davlatov, professor A.S.Daminov, dotsent T.I.Taylakov, dotsent Sh.X.Qurbanovlar mudirlik qilgan va hozrgi kunda professor A.S.Daminov rahbarlik qilib kelmoqda.

   Kafedraga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, veterinariya fanlari doktori, professor I.X.Irgashev (1965-2004) uzoq yilllar davomida mudirlik qilgan. Olimning rahbarligida Respublikaning turli zonalarida gelmintlar faunasi o‘rganilgan, Chorva mollarining bir qator parazitar va gelmintoz kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. U kishi tomonidan 10 ga yaqin fan doktorlari va 50 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlanib, O‘zbekiston veterinariya parazitologlari va gelmintologlari maktabi yaratilgan. Shuningdek, ushbu kafedrada (2004-2022 yillar) faoliyat yuritgan professor B.S.Salimov tomonidan “Zooparazitologlar” ilmiy maktabi yaratilib, u kishining rahbarligada ham 3 nafar fan doktori, 20 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan.

    Kafedrada oxirgi 5 yilda 10 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar va 25 ta ilmiy tavsiyamomalar chop etilgan. Shuningdek, 2020-2025 yillarda 13 ta falsafa doktori (PhD) dissertasiyalari himoya qilingan. Respublikamizdagi 10 dan ortiq xo‘jaliklar va korxonalar bilan koorporativ aloqalar hamda Skryabin nomidagi Moskva davlat veterinariya tibbiyoti va biotexnologiya akademiyasi, Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi, Kazan davlat veterinariya akademiyasi, Qozoqiston Milliy agrar universiteti, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand davlat universiteti va Samarqand davlat tibbiyot universitetlari bilan ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

    Hozirgi paytda kafedrada 3 nafar fan doktorlari (A.S.Daminov, T.I.Taylakov, A.A.Safarov), professorlar, 1 nafar fan nomzodlari, dotsentlar (Sh.X.Qurbanov), 2 nafar PhD assistentlar (K.X.Urakov, O.B.Abdunabiyev), 4 nafar ilmiy darajasiz assistentlar (A.R.Tursunqulov, G‘.G‘.Jabborov, I.X.Rayimqulov, A.M.Eshqorayev) va 1 nafar laboratoriya mudiri (V.Karshiyeva), 1 nafar laborant (G.Juraqulova) faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda.

   Kafedra professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik, ijodiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, talabalarda chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaxassis tayyorlash, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali olib borish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, talabalar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida, talaba-yoshlar “Ustoz-shogird” sifatida biriktirilgan.

   Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi yoshlar hayotida sog‘lom turmush tarzini vujudga keltirishga qaratilgan bo‘lib, keyingi 5 yil ichida boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan bir qatorda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning asarlari talaba yoshlar va professor-o‘qituvchilar orasida keng tarzda o‘rganilib kelinmoqda.

    Kafedrada 70840303-Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va 03.00.06-Zoologiya (veterinariya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud bo‘lib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

 

Daminov Asadullo Suvonovich

Daminov Asadullo Suvonovich

Kafedra mudiri
a.daminov1960@mail.ru
+99893 349-49-85
Profil
Tursunqulov Abduraxmon Rasulovich

Tursunqulov Abduraxmon Rasulovich

Parazitologiya kafedrasi assistenti, mustaqil izlanuvchi.
atursunkulov@gmail.ru
+99897 285-65-02
Profil
Rayimqulov Iskandar Xaydarovich

Rayimqulov Iskandar Xaydarovich

Parazitologiya kafedrasi assistenti, mustaqil izlanuvchi.
max.raim0330@gmail.ru
+99894 245-10-15
Profil
Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich

Jabborov G‘iyosjon G‘afforjonovich

Parazitologiya kafedrasi assistenti
jabborovgiyosjon5000@gmail.com
+99893654-50-00
Profil
Urokov Kamoliddin Xudayberdievich

Urokov Kamoliddin Xudayberdievich

Magistratura bo‘limi boshlig‘i, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
urokovkamoliddin@gmail.com
+99893 338-29-99
Profil
Qurbanov Shukurulla Xolmuminovich

Qurbanov Shukurulla Xolmuminovich

Parazitologiya kafedrasi dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent
shukurullok@mail.ru
+99897 918-00-19
Profil
Eshqorayev Asqad Mirzamaxmudovich

Eshqorayev Asqad Mirzamaxmudovich

Parazitologiya kafedrasi assistenti.
eskoraevaskad@gmail.com
+99891 319-29-94
Profil
Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita