Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
A.S.Daminov 1960 yilda tug‘ilgan, veterinariya fanlari doktori, professor. 1987-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1995-yilda 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi, morfologiyasi. Veterinariya akusherligi, hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
2016-yilda 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari doktori dissertatsiyasini yoqlagan.
Dastlab ish faoliyatini 1987-2000 yillarda Hayvonlar anatomiyasi kafedrasi assistenti, 2004-2025-yillarda kafedra dotsenti, professori, 2017-2018 yillar Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedra mudiri, 2018-2023 yillarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, 2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Parazitologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
A.S.Daminov tomonidan 8 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta ma’lumotnoma, 6 ta monografiya, 13 ta tavsiyanoma va 400 ga yaqin ilmiy ishlar chop qilingan. 8 nafar falsafa doktorlarini (PhD) tayyorlagan.
Mukofotlari
“Yilning eng yaxshi o‘quv adabiyoti” respublika tanlovi g‘olibi, “Yilning eng yaxshi veterinariya ustozi” nominatsiyasi bo‘yicha “Oltin tulpor” mukofoti hamda “O‘zbekiston respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.
Hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedrada o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayatgan ishlarga professor-o‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar, magistrlar va talabalarni jalb qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, yoshlarni turli tanlovlarga jalb qilish, milliy va xalqaro loyihalarni qo‘lga kiritish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.
Lavozim vazifalari
Bilishi kerak:
Malaka talablari:
Mehnat faoliyati
1982-1987 yy - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi.
1987-2000 yy - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti anatomiya, gistologiya va patanatomiya kafedrasi assistenti
2000-2004 yy. - Samarkand qishloq xo‘jalik instituti zoologiya, tabiat va xayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi assistenti, dotsent vazifasini bajaruvchi
2004-2005 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti umumtexnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2004-2006 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlar kasalliklari va parazitologiya kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi
2006-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlar kasalliklari va parazitologiya kafedrasi dotsenti
2015-2017 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi
2017-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jaliq instituti hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari kafedrasi mudiri
2018-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi, instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
2022-2023 y. - - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
2023y.06 fevraldan Hozirga qadar Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish kafedrasi mudiri