Agrotexnologiya fakulteti dekani
Agrotexnologiya fakulteti 1929-yil Paxtachilik instituti tarkibida tashkil etilgan. O‘tgan bir asr davomida fakultetdan Respublikaning barcha tarmoqlarida o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan buyuk olimlar faoliyat yuritgan. Jumladan: Fakultetdan 6 ta O‘zbekiston qahramoni Zulayho Norqulova (Farg‘ona), Marat zokirov (Jizzax), Murodilla Saidov (Qashqadaryo, Koson), Ibrohim Fayzullayev (Surxandaryo), Avaz Ergashev (Samarqand, Jomboy), Do‘stmurod Ayudullayev (Samarqand, Paxtachi) kabi buyuk qahramonlar yetishib chiqqan. Bundan tashqari ko‘plab mehnat qahramonlari va oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari shu fakultetni bitirib, faoliyat olib borishgan. M: Xudoberdi Boymurodov, Alisher Maxmatmurodov shular jumlasidandir.
Ustozlar bilimini puxta o‘zlashtirib, mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganib, prezident va davlat stipendiantlari ham talaygina. Shulardan Abdishukur Xamzayev, Dilshod Jumanov, Iroda Lukova, Marhabo Chuliyeva, Feruza Rafiyeva kabi 10 dan ortiq talabalarimiz prezident stipendiantlari, 30 dan ortiq Beruniy, Ibn sino kabi davlat stipendiantlari tahsil olishgan. Ana shunday bilimga chanqoq, namunali va yetuk mutaxassislarni tayyorlashda fakultetimizda ko‘plab olimlarimiz o‘zlarining buyuk hissalarini qo‘shishgan, qo‘shib kelishmoqda. M: Diamat To‘xtayevich Abdukarimov, Razzoq Oripovich Oripov, Nasriddin Xalilov, Elmurod Umurzoqovich Umurzoqov, Ibragim Toshkentovich Ergashev, Ismoil Toshkentovich Ergashev kabi ko‘plab professorlarimiz fakultet yoshlariga o‘z bilim va tajribalarini o‘rgatib kelishmoqda.
Agrotexnologiya fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-mart “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-187-sonli qarori asosida universitetning tasdiqlangan tarkibiy tuzilishiga asosan faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi davrda fakultetda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida 700 nafarga yaqin talabalar tahsil olib, 2024-yilda fakultetda bitiruvchilar soni 140 nafarni tashkil qiladi.
Fakultetda 50 ga yaqin malakali professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar 7 ta ta’lim yo‘nalishining 700 ga yaqin talabasiga 164 ta fanlardan dars o‘tib, bilim berishib kelishmoqda. Bugungi kunda fakultet ilmiy salohiyati 57,6 % ni tashkil qiladi.
Bakalavriatura:
Magistratura:
Agrotexnologiya fakulteti o‘quv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari.
Agrotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari.
Agrotexnologiya fakulteti Ilmiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari.
Agrotexnologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi
Fakultetda ko‘plab xorijiy va mahalliy universitetlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, hamkor universitetlarning mutaxassis kafedralari professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar chop etilgan. Fakultet professor-o‘qituvchilari xorijda va Respublikamizda o‘tkazilib kelinanayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelishmoqda.
Shuningdek, doktarantlar va magistrantlar hamda talabalar “Akademik mobillik” va “Talaba almashinuv” dasturi bo‘yicha Germaniya, Italiya, Chexiya, Ruminiya, Janubiy Koreya, Latviya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarning hamkor universitetlarida o‘qishni davom ettirish va amaliyot o‘tashlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, talabalar amaliyotini o‘tishlari uchun Respublikamizning ilg‘or korxona va xo‘jaliklari, o‘quv markazlari bilan ham hamkorlik shartnomalari tuzilgan bo‘lib, talabalar amaliyot davrida Respublikamiz viloyatlari qishloq xo‘jalik bo‘limlari va ilg‘or klasterlarida amaliyotni o‘rganish bilan birga, bevosita xo‘jalik yurituvchi subektlarni strategik boshqarish, innovatsion va investitsiya loyihalarini tuzish, tahlil qilish, yem-xashak yetishtirishning ilg‘or texnologiyalarini, ekinlarga ishlov beruvchi yangi texnologiyalarini yaratish, ozuqabob ekinlarning yangi navlarini yaratish, yangi loyihalar olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar.
Fakultetda Yaponiya davlatining “JICA” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan intensiv bog‘, 20 dan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikalari mavjud bo‘lgan o‘quv-tajriba pavilioni mavjud.
Fakultet ixtisoslashuviga mos 13 ta korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroriga asosan o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va o‘quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish asosiy maqsad va vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qaroriga asosan o‘quv jarayonini malaka talablari va na’munaviy o‘quv rejalar asosida to‘g‘ri tashkil etish, uni doimiy ravishda takomillashtirib va mukammallashtirib borish hamda jahon andozalari darajasiga ko‘tarish masalasi doimiy etiborida bo‘lib, fakultet Kengashi va uslubiy kengashi majlislari kun tartibining asosiy mazmunini tashkil etib keldi.
Fakultetdagi magistratura mutaxassisligi va 6 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi tasdiqlangan malaka talablari va na’munaviy o‘quv rejalarida ko‘rsatilgan barcha fanlar bo‘yicha “Fan dasturlari” va “Ishchi o‘quv rejalari” bilan to‘lig‘icha ta’minlangan va ulardan o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib o‘quv jarayoni barcha ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv rejalar asosida tashkil etilgan.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘qitilmoqda:
Bakalavriatura:
Magistratura:
Fakultet o‘quv jarayonini tubdan sifat jihatidan isloh qilish borasida yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishga imkoniyat yaratilib, ta’lim texnologiyalari bilan fanlarning ishchi o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar takomillashtirildi.
Intelektual salohiyatiga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish talab qilinmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash, ularni chop etish, ta’lim yo‘nalishlarini o‘tiladigan fanlar bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Fakultetda mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib chiqildi va uning tahlili bo‘yicha o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha ta’minlanish darajasi 80 foizdan 100 foizgachani tashkil qiladi.
.Fakultet mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilar, universitetda ilmiy kadrlar yetishtirishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy izlanishlarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda to‘liq o‘z-o‘zini moliyalashtirish mexanizimini yaratish maqsadida samarali ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Agrotexnologiya fakulteti hozirgi kunda universitet o‘quv-tajriba xo‘jaligi, hamda viloyat hududidagi bir qator fermer xo‘jaliklari bilan ilmiy tadqiqot ishlarida faol hamkorlik olib bormoqda.
Hozirgi kunda 1 nafar akademik, 8 nafar professor, 14 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar assistent faoliyat yuritmoqda.
Fakultetda ta’lim tizimi raqamlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan. “Genetika, o‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish” zamonaviy o‘quv laboratoriya xonasi, Yaponiya davlatining “JICA” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan intensiv bog‘, 30dan ziyod qishloq xo‘jaligi texnikalari mavjud bo‘lgan o‘quv-pavilioni mavjud.
Fakultetimizda kafedralar qoshida tashkil etilgan fan, ilmiy, ijodiy to‘garaklardagi faoliyat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Fakultetda 365 nafar talabalar ro‘yxati shakllantirilgan va tasdiqlanib, talabalar bilan ishlash “Ustoz-shogird” tizimida yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetda tashkil etilgan 3 ta to‘garakda 180dan ortiq talaba-yoshlar o‘z bilimlarini oshirmoqda.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kungacha 27 ta darslik, 184 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta monografiya, 1000 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. 164 ta fan bo‘yicha talabalarga bilim berib kelinmoqda.
Fakultetda xalqaro aloqalar va xalqaro ilmiy hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda Fakultetimiz MSXA K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar universiteti, Jangirxan nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston agrar texnika universiteti, Qozog‘iston Milliy Agrar tadqiqot universiteti bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Fakultet ixtisoslashuviga mos 20 ga yaqin korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
.
Agortexnologiya fakultetidat arbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish
9.06 MB