Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
◆ Sahifa

O‘SIMLIKSHUNOSLIK VA YEM-XASHAK YETISHTIRISH KAFEDRASI

  • Asosiy
  • O‘SIMLIKSHUNOSLIK VA YEM-XASHAK YETISHTIRISH KAFEDRASI
Kafedra ma'lumoti

O‘SIMLIKSHUNOSLIK VA YEM-XASHAK YETISHTIRISH KAFEDRASI

    2018-yil 2-iyunda institut rektorining 60 QA–sonli buyrugʻi bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash fakultetida O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi tashkil qilindi.

    Kafedrada 60811900 - Oʻsimlikshunoslik (yaylov-choʻl oʻsimlikshunosligi), 60810900 - Agronomiya (yem-xashak ekinlari), 60810400-Agronomiya,  60810600-Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, 60811200-Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) va boshqa bir qancha ta’lim yoʻnalishlari bakalavr talabalariga, shu bilan birga 70810402 - Oʻsimlikshunoslik magistratura mutaxassisligi talabalariga  Agronomiyaga kirish, O‘simlikshunoslik, O‘simlikshunoslikning biologik asoslari, Oziqa yetishtirish, O‘simlikshunoslik va paxtachilik, Donchilik, Yem-xashak yetishtirish, Genetika asoslari, Dala ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, Don va dukkakli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, Meva sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi, G‘o‘za ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi, Umumiy seleksiya va urug’chilik, O‘simliklar immunitati, Qishloq xo’jalik ekinlari urug’shunosligi, Yangi navlarni davlat nav sinovi, Dala ekinlari urug‘shunosligi kabi mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar, olib boriladi.
Kafedra tashkil etilgandan buyon qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor N.Xalilov boshqarib kelmoqda. Shuningdek, kafedrada:
Professorlar I.T.Ergashev, D.T.Abdukarimov, dotsentlar B.T.Mavlonov, Z.K.Mo‘minova, G‘.B.Obruyev, B.X.Qoldoshov, Sh.Kasimova,  katta o‘qituvchilar X.Bekmurodova, V.I.Ismoilov, assistent O. To‘raqulov, G.U.Otayarova, Sh.A.Xudayberdiyeva, laborantlar N. Tursunova va F.Imomnazarova faoliyat olib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining №NAP 00204 raqamli  patenti kartoshkaning «Feruza» naviga olindi (05.04. 2018). 
O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining №NAP 00203 raqamli  patenti kartoshkaning «Faravon» naviga olindi (05.04. 2018). 
Respublika qishloq xo’jalik ekinlari navlarini sinash markazining kartoshkaning «Feruza» naviga 2019 yil 032 raqamli va «Farovon» naviga 2019yil 031 raqamli  “Seleksiya yutug’i” guvohnomasi olindi. 
“Kartoshka urug’chiligi uchun sog’lom dastlabki materialni tanlashning yangi usuli” uchun (7.02.2017 y.) IAP 20170053 raqamli hamda “Seleksiya jarayonida namunalarni bir yilda ikki hosil olishga yaroqliligini baholashning yangi usuli” uchun patent hujjatlari O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligiga talabnoma (10.05.2017 y., № IAP 20170172, 10.07.2017 y., № IAP 20170268) topshirilgan. Shuningdek bug’doyning 4 ta naviga patent olingan va loviyaning 2 ta naviga mualliflik guvohnomalari olingan.
     Kafedra Moskvadagi “Gavrish” urug’chilik firmasi, Rossiya kartoshkachilik ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi (NPO po kartofelevodstvu), Butunrossiya o’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Krasnodar moyli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti,  Don-dukkakli ekinlar ITI va uning viloyatlardagi ilmiy tajriba stantsiyalari,” Bog’bon” ilmiy ishlab chiqarish markazi,“Shavkat orzulari” kompaniyasi, Odessa boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti, O’zFA Genetika va eksperimental biologiya ilmiy – tadqiqot institutlari bilan ilmiy aloqalar o’rnatgan va birgalikda ish olib boradi.
     Kafedrada fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integrasiyasi yo’nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga joriy etish borasida amaliy ishlar bajarilmoqda. Professor D.T.Abdukarimov tomonidan Samarqand viloyatining fermer xo’jaliklarida bug’doy, maxsar, kunjut va moyli kungabokar, arpa  o’stirish texnologiyasi va urug’chilik ishlari bo’yicha amaliy yordam ko’rsatildi, kartoshkani generativ urug’lardan yetishtirish texnologiyasi Samarqand viloyati Tayloq, Urgut, Bulung’ur va Jomboy tumanlari sabzavotchilik fermer xo’jaliklarida jami 220 gektar maydonga joriy etilgan va urug’ ko’chat usulida yetishtirilganda gektaridan 30,6 tonna, birinchi va ikkinchi tuganak reproduksiyalari ekilganda esa 18,4–31,3 tonna hosil olingan va rentabellik darajasi 79,8–177,5 foizni tashkil etgan.
Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 2023-2024- yillarda  viloyat fermer xo’jaliklariga boshoqli don ekinlari, kartoshka, kungaboqar va topinambur yetishtirish bo’yicha ilmiy va amaliy yordam ko’rsatishdi
 
 
 
 
Xalilov Nasriddin

Xalilov Nasriddin

Kafedrasi mudiri
#
+99891529 76 20.
Profil
OBRO‘YEV G‘AFUR BAXRIDDINOVICH

OBRO‘YEV G‘AFUR BAXRIDDINOVICH

“O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish” kafedrasi v.v.b. dotsenti
gafurobruev@gmail.ru
+99893 345 28 22
Profil
Mavlonov Bahodir Toshboyevich

Mavlonov Bahodir Toshboyevich

"O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish" kafedrasi dotsenti
b.mavlonov-1976 @mail.ru
+99894 356 18 27
Profil
Omonov Anvar Jurakulovich

Omonov Anvar Jurakulovich

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) assistent
anvarjurakulov1985@gmail.com
+99894 858 13 85
Profil
Bekmuradova Xurshida Karimovna

Bekmuradova Xurshida Karimovna

O‘simlikshunoslik va yem-xashak etishtirish kafedrasi katta o‘qituvchisi
xurshidabekmuradova63@gmail.com
+998 915326348
Profil
Umurzakov Elmurod

Umurzakov Elmurod

Agrotexnologiya, ishlab chikarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi, professori.
abduganiyevzayirkul@mail.ru
+998937209037
Profil
Xudayberdiyeva Shahlo Abduvali qizi

Xudayberdiyeva Shahlo Abduvali qizi

O’simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi PhD assistenti
sxudayberdiyeva73@gmail.com
+99893 2314332
Profil
Muminova Zulfiya Komilovna

Muminova Zulfiya Komilovna

Qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent
zulfiyakomilovna82@gmail.com
+998906554843
Profil
Otayarova Gulshoda Uzakovna

Otayarova Gulshoda Uzakovna

Assistent
otayarovagulshoda3842@gmail
+99894 2121909
Profil
Abdurahmonov Xusniddin Eshmamatovich

Abdurahmonov Xusniddin Eshmamatovich

Qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
xusnidin265@gmail.com
+99891 558 44 72
Profil
Ismoilov Voxid Isropilovich

Ismoilov Voxid Isropilovich

Qishloq xo’jalik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), v.b. dotsent
voxidismoilov134@gmail.com
+99899 595 56 40
Profil
Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita