WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

OBRO‘YEV G‘AFUR BAXRIDDINOVICH

“O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish” kafedrasi v.v.b. dotsenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Qishloq xo’jalik
  • O‘simlikshunoslik

Shaxsiy ma’lumotlar

  • G‘.B.Obro'yev 2002-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2023-yilda 06.01.08 – “O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha Qishloq xo’jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, oxirgi 10 yilda Yaponiya, Koreya, kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida bilim va tajribalarini oshirgan.

Lavozim vazifalari

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

 · Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruvmalakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

· Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

· Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

· Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilarga rahbarlik qilish.

· Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

 · Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanib guruhida va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;

· Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

· Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

 · Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

· Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

· Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

· Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalar;

· Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

  • 1998-2002 yy. – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti talabasi (bakalavr)
  • 2002-2004 yy. – Toshkent Davlat Agrar Universiteti magistranti
  • 2007-2010 yy. - Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, “Qishloq xo’jalik ekinlar seleksiyasi va urug’ciligi” kafedrasi assistenti
  • 2011-2014 yy. - Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, “O‘simlikshunoslik” kafedrasi assistenti
  • 2014-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, Agranomiya fakulteti o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
  • 2018-2021 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, “O‘simlikshunoslik yem-xashak yetishtirish” kafedrasi assistenti
  • 2021-2024 yy. – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, “O‘simlikshunoslik yem-xashak yetishtirish” kafedrasi assistenti hamda jamoatchilik asosida Agrotexnologiya fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2024 – yil sentyabr oyidan hozirgi vaqtgacha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Agrotexnologiya fakulteti “O‘simlikshunoslik yem-xashak yetishtirish”  kafedrasi v.v.b. dotsenti