WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Otayarova Gulshoda Uzakovna

Agrotexnologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Qishloq xo‘jaligi
  • O‘simlikshunoslik

Shaxsiy ma’lumotlar

     Otayarova Gulshoda Uzakovna 2011-yilda Samarqand qishloq xo’jalik institutini (bakalavr), 2013-yilda Samarqand qishloq xo’jalik institutini (Magistr) tamomlagan.
2022-yildan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Agrotexnologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Lavozim vazifalari

Fakultetda xotin-qizlar masalalari bo’yicha maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashga koʻmaklashishni taʼminlash;

Universitetning xotin-qizlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy va yoshlar tarbiyasiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirilib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish;

Iqtidorli talaba-qizlarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;

Fakultet ayol professor-o‘qituvchilari va talaba - qizlari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi masalalari va hk.) seminarlar, muloqot (diskussiya) lar tashkil etish va o‘tkazish;

 Universitetda har doim xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini egallashiga, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, korrupsiya, giyohvandlik, OITS, terrorizm, ekstremizm kabi illatlarga qarshi kurashish, alkogolizm va boshqa salbiy illatlarni oldini olish;

Talabalar turar joylarida va ijara xonadonlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;

Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.

MEHNAT FAOLIYATI

1988 – 1990 yy. – Samarqand viloyati Guzalkent tuman Markaziy shifoxonasida hamshirasi

1991 – 1993 yy. – Samarqand viloyati Ishtixon tumani Markaziy shifoxonasida hamshirasi

1993 – 1993 yy. – Samarqand shahar 3-son poliklinikasi hamshirasi

1993 – 2003 yy. – Samarqand shahar 2- son klinikasi hamshirasi

2003 – 2005 yy. – Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Markaziy shifoxonasida      hamshirasi

2005 – 2007 yy. – Samarqand viloyati Samarqand tumani Salomatlik markazida uslubchi

2007 – 2011 yy. – Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi (bakalavr)

2011 – 2013 yy. – Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi (magistr)

2011 – 2013 yy. – Meva – sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi laboranti

2013 – 2015 yy. – O‘simlikshunoslik kafedrasi katta laboranti

2015 – 2017 yy. – O‘simlikshunoslik va dehqonchilik kafedrasi assistenti

2017 – 2018 yy. – Samarqand qishloq xo‘jalik instituti  “O‘simlikshunoslik” kafedrasi assistenti

2018 – 2022 yy – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish”  kafedrasi assistenti

2022 y. – h.v.   –  Samarqand  davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti  Agrotexnologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, “O‘simlikshunoslik va yem – xashak yetishtirish”  kafedrasi assistenti