Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Turakulov Oybek Xolmirzayevich 2010-yilda Jizzax Politexnika institutini (bakalavr), 2019-yilda Samarqand veterinariya meditsinasi institutini (Magistr) tamomlagan. 2024-yilda 06.01.08 – “O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Agrotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Lavozim vazifalari
Fakultetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashga koʻmaklashishni taʼminlash;
Universitetning maʼnaviy-maʼrifiy va yoshlar tarbiyasiga oid buyruqlari bajarilishini tashkil etish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirilib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish;
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi masalalari va hk.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
Universitetda har doim yoshlarning jamiyatdagi oʻrnini egallashiga, siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada oshirish, korrupsiya, giyohvandlik, OITS, terrorizm, ekstremizm kabi illatlarga qarshi kurashish, alkogolizm va boshqa salbiy illatlarni oldini olish;
Talabalar turar joylarida va ijara xonadonlarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.
Mehnat faoliyati
2012-2013 yy. - Jizzax shahar Uy-joy va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, EHM muxandisi
2013-2014 yy. - Jizzax viloyati Jizzax shahar Uy-joy va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejining hisobchisi
2014-2016 yy. - Jizzax shahar Uy-joy va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2018-2018 yy – O‘zbekiston “Adolat” SDP Samarqand viloyat Kengashi bosh mutaxassisi
2018-2020 yy. - Samarqand veterinariya medisinasi inistituti o‘simlikshunoslik va yem xashak yetishtirish kafedrasi kichik ilmiy xodimi
2019-2020 yy. - O‘zbekiston “Adolat” SDP Samarqand viloyat Kengashi ijrochi kotibi
2020-2021 yy. - Jomboy agrotexnologiyalar texnikumi ishlab chiqarish ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2021-2023 yy. - Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori
2023 y. – h.v. - Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Agrotexnologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari