2018-yil 2-iyunda institut rektorining 60 QA–sonli buyrugʻi bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, agrotexnologiya fakultetida agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalahstirish va avtomatlashtirish kafedrasi tashkil qilindi.
Kafedrada 60810500- O‘simliklar karantini va himoyasi, 60820100 - O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish, 60810100 – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, 60711400 -Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 70711401- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (tarmoqlar bo‘yicha) - magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Yuqoridagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga Qishloq xo‘jaligi muhandisligi asoslari, Muhandislik va kompyuter grafikasi, Muqobil energiya manbalari, Yo‘l harakat xavfsizligi qoidalari, Qishloq xo‘jalik mashinalari, Qishloq xo'jaligida Smart texnologiya, Avtomatlashtirish tizimlarining energiya tejamkorlik asoslari, Tuproqshunoslik va agrokimyo, Dehqonchilik asoslari, O‘rmonchilik, O‘rmon melioratsiyasi, O‘rmonchilikda o‘g‘it qo‘llash tizimi kabi mutaxassislik fanlaridan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar, olib boriladi
Kafedra tashkil etilgandan buyon texnika fanlari nomzodi Sh.Razzaqov, qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori B.Quldashov va 2023-dekabr oyidan buyon, qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori, dotsent A.Xasilbekov boshqarib kelmoqda. Shuningdek, kafedrada: Professorlar E.Umurzakov, I.T.Ergashev, dotsentlar Z.Abduganiev, A.Jahongirov, katta o‘qituvchilar S.Jumaboyev, N.Buronov, O.Nazarov, T.Xayitov, N.Boboyeva, assistentlar L.Ostanova, F.Xalilova, X.Xamraqulova, A.Ismatov, Sh.Abdug‘aniyeva, S.Nurbayev, J.Saidov, A.Xujanov, Sh.Sherg‘oziyev, A.Beknazarov, laborantlar L.Sanamiyan va M.Kubayeva, muhandis S.Boymurodovlar faoliyat olib bormoqda.
“Agrotexnalogiya, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti.
“Agrotexnalogiya, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi katta o’qituvchisi .
Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi assistenti .
Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedarasi o‘qituvchi..
Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedarasi o‘qituvchi..
Agrotexnologiya, ishlab chikarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi, professori. .
Agrotexnologiya, ishlab chikarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi, katta o'qituvchisi.