WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Abduganiyev Zayirkul

“Agrotexnalogiya, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi dotsenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Qishloq xo‘jalik
  • Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish
  • Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, muqobil energiya manbalari  

Shaxsiy ma’lumotlar

            Z.Abdug‘aniyeva 1974-yilda Toshkent politexnika institu(hozirda Toshkent texnika universiteti) ni “Avtomatika va telemexanika” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1974-1978 yillarda US “Tuyamuyingidrostroy” va MRO “Uzselxoztexnika”da aloqa injeneri, 1978 7 yildan  Samarqand qishloq xo‘jalik institutida o‘quv ustasi, assistenti, dotsenti, 2002 yildan 2018 yilgacha kafedra mudiri, 2019 yildan  hozirgi paytgacha Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi dotsenti.

  • Z.Abduganiyev 1993-yilda 05.07.01–“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha Texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan, 1996 yildan dotsent.
  • Z.Abduganiyev bugungi kungacha jami 130dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir, jumladan, 3ta darslik, 3ta patent, 1ta monografiya, 4ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta electron darslik, 1ta electron o‘quv qo‘llanma elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur, 49ta uslubiy, 4ta ishlab chiqarishga tavsiyanoma, ilmiy maqolalar chop ettirgan 65dan ortiq bir qator xorijiy va milliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda
  • Bugungi kunda “Ustoz-shogird” ishlarini takomillashtirish, borasida talabalarni chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaxassis tayyorlash, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali olib borish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yuksak axloqiy sifatlarini tarbiyalash talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakillantirish, vatanparvarlik ruhida hamda har tomonlama yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashdir.
  • Lavozim vazifalari

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

 · Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruvmalakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

· Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

· Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

· Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilarga rahbarlik qilish.

· Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

 · Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanib guruhida va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;

· Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

· Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;

 · Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;

· Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

· Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

· Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalar;

· Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

1969-1974 yy. - Toshkent politexnika instituti talabasi

1974-1975 yy. – Xorazm viloyati, US “Tuyamuyingidrostroy”da injener

1975-1978 yy. - Bulung‘ur  MRO “Uzselxoztexnika”da aloqa injeneri

1978-1979 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik institutida injener-elektrik

1979-1980 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, o‘quv bo‘limi o‘quv ustasi

1980-2002 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, “Qishloq xo‘jaliq va chorvachilik 

                           mashinalari“ kafedrasi o‘quv ustasi, assistenti, dotsenti

2002-2004 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, “Qishloq xo‘jalik va chorvachilik 

                           mashinalari“ kafedrasida vaqtinchalik kafedra mudiri

2004-2005 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, “Qishloq xo‘jalik mashinalari,

                           foydalanish va ta’mirlash“ kafedrasi dotsenti

2005-2015 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, “Qishloq xo‘jaliq mashinalari 

                           foydalanish va ta’mirlash“ kafedrasi mudiri

2016 -2018 yy.  -Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, “Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan 

                           foydalanish va ta’mirlash“ kafedrasi mudiri

2018 -2019yy.- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, “Agroinjeneriya” kafedrasi

                           dotsenti

2019 -2021yy.- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, “Chorvachilikni

                         mexanizatsiyalashtirish” kafedrasi dotsenti

02.09.2021 y. - h. v.- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Agrotexnalogiya, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va                           boshqarish” kafedrasi dotsenti