Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Sh.Abdug‘aniyeva 2012-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini bakalavriatini va 2015-yilda magistraturasini 60810100 – “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash(dehqonchilik)” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2015-2018 yillarda Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti, 2018-2019 yillarda Agroinjeneriya, Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish kafedrasi assistenti, 2020-2023 yillarda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti doktoranti(PhD) va 2023-yilda 05.07.01–“Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan, 2023 yildan hozirgi paytgacha Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi assistenti.
Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
· Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruvmalakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
· Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
· Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
· Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilarga rahbarlik qilish.
· Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
· Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanib guruhida va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;
· Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
· Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
· Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
· Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
· Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalar;
· Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Mehnat faoliyati
2008-2012 yy - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
2012-2013 yy - Pastdarg‘om avtomobil va yo‘llar kolleji o‘qituvchisi
2013-2015 yy - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti magistri
2015- 2018yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti
2018-2019yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Agroinjeneriya kafedrasi assistenti
2019-2020yy. -Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish kafedrasi assistenti
2020 -2023yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti doktoranti(PhD)
2023- x.v.. SamDVMChBU Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi assistenti