Tadqiqot sohalari
• Qishloq xo’jalik
• O‘simlikshunoslik
Shaxsiy ma’lumotlar
• Djumabaev S 1982-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 1990-yilda 06.01.08 – “O‘simlikshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha Qishloq xo’jalik fanlari nomzod Iilmiy darajasini olgan. Shuningdek, Djumadayev Saydullo bugungi kungacha 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.
• Jumladan, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta uslubiy, 2 ta monografiya, 10 ta metodik tavsiyalar chop ettirgan hamda bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda Bugungi kunda “Ustoz-shogird” ishlarini takomillashtirish, borasida ,bir nafarb “Beruniy davlat stipendiantiga ”, 10 dan ortiq bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qildi.
Lavozim vazifalari
Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
· Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruvmalakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
· Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
· Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
· Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
· Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
· Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
· Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilarga rahbarlik qilish.
· Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
· Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik mahoratni egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy o‘quv texnika vositalaridan foydalanib guruhida va yakka tartibda o‘qitish, mustaqil ta’lim olish vositalaridan foydalanish;
· Raqobatbardosh va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash; kafedra a’zolari yoki rektorat topshirig‘iga binoan boshqa tadqiqotchilar tomonidan himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ko‘rib chiqish; ta’lim hujjatlarining ekvivalentligini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
· Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalari, kooperativlar, dehqon, fermer va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
· Oliy o‘quv yurtini bitirganlar va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchiizlanuvchilar institutini o‘taganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish;
· Kafedra profili bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
· Xorijiy hamkorlar, ilmiy va ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish.
· Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalar;
· Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.
Mehnat faoliyati
1982-1983 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti yoshlar qo‘mitasi kotibi
1983-1985 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti kasaba uyushma qo‘mita raisi
1985-1986 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti yoshlar qo‘mitasi kotibi
1986-1994 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv maslahat punkti mudiri
1994-1998 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti «Dehqonchilik va melioratsiya»
asoslari kafedrasi assistenti
1998-2000 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti agronomiya fakulteti o‘quv
ishlari bo‘yicha dekan muovini
2000-2001 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti «Dehqonchilik va melioratsiya asoslari»
kafedrasi dotsenti v.b
2001-2007 yy. - Urgut tumani «Po‘lat» fermer xo‘jaligi raisi
2008 y. 2018yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti malaka oshirish va qayta tayyorlash
markazi boshlig‘i
2018y- 2021yySamarqand veterinariya meditsinasi instituti “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasi assistenti
2021y-hq Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining katta o‘qituvchisi