Tadqiqot sohalari
Shaxsiy ma’lumotlar
Xujanov Aziz Shakarbekovich 2005-yilda Samarqand davlat universiteti bakalavr tamomlagan. 2019-yilda Elektronika va mikroelektronika (kasb-huna fanlarini o’qitish metodikasi) mutaxassisligi bo‘yicha (magistratura) tamomlangan. Xujanov Aziz Shakarbekovich bugungi kungacha 20 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.
Jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy, bir qancha metodik tavsiyalar chop ettirgan hamda bir qator milliy va xorijiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunda “Ustoz-shogird” ishlarini takomillashtirish, borasida talabalarni chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali olib borish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yuksak axloqiy sifatlarini tarbiyalash talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakillantirish, vatanparvarlik ruhida hamda har tomonlama yetuk mutaxassis sifatida tayyorlashdir.
Mehnat faoliyati
2001-2005 yy.- Samarkand Davlat Universiteti talabasi.
2005-2007 yy.- Bulung‘ur qishloq xo‘jalik kasb xunar kolleji muxandis dasturchi va informatika fani o‘qituvchisi.
2006-2006 yy.- Bulung‘ur tumani 52-maktab fizika-matematika fani o‘qituvchisi.
2007-2012 yy.- SamDChTI akademik litseyi fizika, informatika fani o‘qituvchisi. Bosh tarbiyachi.
2008-2009 yy.- Samarkand Davlat Universiteti magistri.
2010-y. - Harbiy xizmatni o‘tadi.
2012-2013 yy.- Bulung‘ur qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji fizika fani o‘qituvchisi. Aniq fanlar kafedrasi mudiri.
2019-2020 yy.- YEC “Yasham Erkoplan Karpet” korxonasi dizayneri.
2020-2021 yy.- Bulung‘ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
2021 y. - Bulung‘ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi fizika fani va maxsus fanlar o‘qituvchisi. Maxsus fanlar kafedrasi mudiri.
2021-2022 yy.- Bulung‘ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
2022-y. h.v. - SamDU muxandislik fizikasi instituti mustaqil izlanuvchisi (PhD).
2022 y. - Bulung‘ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori v.v.b.
2022-2023 yy. - Bulung‘ur tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori.
2023-y. h.v. - Samarqan davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti assistenti.