WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

PARRANDA, BALIQ, ASALARI VA MO'YNALI XAYVONLAR KASALLIKLARI KAFEDRASI


     Umumiy maʼlumotlar. Parranda, baliq, asalari va moʻynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3703 qarorining 2- ilovasida SamVMI faoliyatini tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ijrosida iyul oyida tashkil etilgan.

2018 yilning iyul oyidan boshlab veterinariya fanlari nomzodi, dotsent Sh.N.Nasimov kafedraga mudirlik qilib kelgan. Hozirda 2024-yil sentyabr oyidan boshlab  veterinariya fanlari nomzodi, dotsent Z.B.Mamatova mudirlik qilib kelmoqda.

     Kafedrada bugungi kunda jami 7 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shundan, 2 nafari fan nomzodi shundan 2 nafari dotsent, 1 nafari veterinariya fanlari boʻyicha falsafa doktori (RhD), 4 nafari assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedramizda har oʻquv yilida soatbay asosida xorijiy mamlakatlardan professor-oʻqituvchilar kelib, talabalarimizga dars oʻtadilar. Jumladan, Belarus Respublikasi VGAVM dotsenti Sadovnikova Ye.F., Qozoq milliy agrar ilmiy tadqiotlar universiteti professori Imanbayev Aytkali Almurzayevich ustozlar faoliyat kelishmoqda.

     Kafedrada asosan Bakalavriat yoʻnalishida “Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari boʻyicha)” “Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari”, “Zooinjeneriya” taʼlim yoʻnalishlari talabalariga “Baliq va asalari kasalliklari”, “Parranda kasalliklari”, “Ixtiopatologiya va ixtiotoksikologiya”, “Baliq kasalliklari va ularga qarshi kurash”, “Yovvoyi  va ekzotik hayvonlar kasalliklari diagnostikasi” va “Parranda kasalliklari diagnostikasi” shuningdek, Magistratura mutaxassisligi talabalari uchun:

     “Parranda kasalliklari” magistratura mutaxassisligi talabalariga “Parrandalarning infeksion kasalliklari”, “Parrandalarning yuqumsiz kasalliklari”, “Parrandalarning parazitar kasalliklari”, “Parrandachilik xoʻjaliklarida veterinariya-sanitariya tadbirlari”, “Parrandachilikning ilmiy asoslari” fanlari;

     “Baliq kaasalliklari” talabalariga “Baliqlarning infeksion kasalliklari”, “Baliqlarning yuqumsiz kasalliklari”, “Baliqlarning invazion kasalliklari”, “Baliqchilikning ilmiy asoslari”, “Baliqchilik xoʻjaliklarida veterinariya-sanitariya tadbirlari” fanlari;

     “Asalari kasalliklari” magistratura mutaxassisligi talabalariga “Asalarilarning infeksion va invazion kasalliklari”, “Asalarilarning yuqumsiz kasalliklari”, “Asalarichilikning ilmiy asoslari”, “Asalarilar biologiyasi” fanlaridan maʼruza, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda.

 

O'qituvchi va xodimlar

Awesome Image

Mamatova Zamira Baratovna

Kafedrasi mudiri.

mzb360@mail.ru

+998 90 603 54 56

Awesome Image

Nasimov Shuxratjon Naimovich

Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi dotsenti..

nasimovshuxrat@gmail.com

+998 91 527 30 72

Awesome Image

Karshiyev Usmon Temirovich

Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi assistenti. (PhD).

u.qarshiyev@mail.ru

+998 93 723 43 20

Awesome Image

Sattorov Jamshid Madamin o’g’li

Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi assistenti.

sattorov.j07@mail.ru

+998 93 343 70 33