WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Sattorov Jamshid Madamin o’g’li

Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi assistenti

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

     Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklarini davolash va oldini olish

Shaxsiy ma’lumotlar

     Sattorov Jamshid 2015-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. 2017-yilda “Hayvonlar parazitar va yuqumli kasalliklari” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2022-yildan buyon Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 30 ga yaqin ilmiy maqolalar, 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 2 ta tavsiyanoma chop ettirgan. Universitetda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tasdqilangan PZ-2020123121 raqamli “Parranda va quyonlar kasalliklarini oldini oluvchi va davolovchi ekologik toza mahalliy probiotiklar yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha kichik ilmiy xodimi hamda ilmiy ishlarini shu mavzuda olib bormoqda.

Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va universitetda loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda va xorij mamlakatlaridan: Latviya Respublikasida bo‘lgan.

Lavozim vazifalari

  • Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
  • Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
  • Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
  • Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish.

            Bilishi kerak:

            Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,

            Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMning rektori buyruqlarining

            mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilish.

            Malaka talablari:

   Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;

  Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

         Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, Universitet strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

2011y. -2015 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

2015 y. –2017 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti magistranti

2017 y. – 2018 yy.-Samarqand qishloq xo‘jalik instituti MO va QT markazi uslubchisi

2018 y.–2021 yy.- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi assistenti.

2022 y. – h.v. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining, “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi assistenti.