WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Mamatova Zamira Baratovna

Kafedrasi mudiri

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Brusellyoz kasalligini diagnostikasi
  • Parrandachilik mahsulotlarni sifatini oshirish uchun probiotiklarni yaratish

Shaxsiy ma’lumotlar

Mamatova Zamira Baratovna 1982-yilda Samarqand qishloq xo’jalik instituti institutini tamomlagan. 1986-yilda 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, mikologiyasi, immunologiyasi va epizootologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini Moskva Butunittifoq ekspremental veterinariya institutida  olgan.  Shuningdek, 1986-1989 yillarda O’zbekiston veterinariya ilmiy-tekshirish institutida kichik ilmiy xodimi, keyinchali Samarqand qishloq xo’jalik institutida oldin  assistent, keyin katta o’qituvchi,  Dalaba Veterinariya Meditsinasi Institutida (Dalaba IMV, Gvineya, Afrika) - metr-assistant  va hozirda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi  chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat havfsizligi fakultetining “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi mudiri, dosenti.

Lavozim vazifalari

  • Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
  • Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
  • Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
  • Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish.

            Bilishi kerak:

            Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,

            Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMning rektori buyruqlarining

            mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilish.

            Malaka talablari:

  •    Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga,   ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, Universitet strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

1982y.- O’zbekiston ilmiy-tekshirish instituti, “Parranda kasalliklarini o’rganish laboratoriyasi” katta laboranti

1982-1986 yy.- Moskva Butunittifoq ekspremental veterinariya instituti (VIEV) aspiranti

1986-1989 yy.- O’zbekiston veterinariya ilmiy-tekshirish instituti, “Qishloq xo’jalik hayvonlarining brusellyoz kasalligini o’rganish laboratoriyasi” kichik ilmiy xodimi

1989-2004 yy.- Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo’jalik hayvonlarning mikrobiologiya, virusologiya va epizootologiyasi» kafedrasi  assistenti

2004-2005 yy.- Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo’jalik hayvonlarning mikrobiologiya, virusologiya va epizootologiyasi» kafedrasi dosent vazifasini bajaruvchi

2005-2006 yy.- Samarqand qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo’jalik hayvonlarning mikrobiologiya, virusologiya va epizootologiyasi» kafedrasi katta o’qituvchisi

2006-2009 yy.- Dalaba Veterinariya Meditsinasi Instituti mikrobiologiya kafedrasi metr-assistant, (Dalaba IMV, Gvineya, Afrika)

2009-2012 yy.- Samarqand Davlat Medisina instituti Mikrobiologiya kafedrasi assistenti

2018-2020 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi assistenti

2022 y.-2023. - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi  chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi dosent vazifasini bajaruvchi

2023 y.-h.v.   -   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi  chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat havfsizligi fakultetining “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi mudiri, dosent