WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Karshiyev Usmon Temirovich

Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi assistenti. (PhD)

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

     Veterinariya soxalari tarmoqlari bo’yicha

     Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklarini davolash

Shaxsiy ma’lumotlar

Karshiyev Usmon 2013-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.  2015 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti magistraturani bitirgan. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 31 ta  ilmiy maqolalar, 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 2 ta tavsiyanoma, 1 ta monografiya, 1 ta mualliflik guvohnomasi chop ettirgan.

Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohatlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy saloha to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.

2024-yilda “16.00.01 - Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi ixtisosligi bo‘yicha  veterinariya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.

Lavozim vazifalari

Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;

Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;

Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, monografiya, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;

Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;

Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;

Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;

Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish.

            Bilishi kerak:

            Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,

            Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMning rektori buyruqlarining

            mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilish.

            Malaka talablari:

     Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;

    Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

         Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, Universitet strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

2007-2009 yy. - O‘quv-sport jihozlari mas’uliyati cheklangan jamiyat mebel yig‘uvchisi

2009-2012 yy. - “MAORIF MEBEL” M.CH.J mebel yig‘uvchisi

2012-2012 yy. - “MEBEL-STANDART” M.CH.J mebel yig‘uvchisi

2013-2015 yy. - “JAMOAT ESHIKLARI” mas’uliyati cheklangan jamiyati eshik teruvchisi

2014-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejiga maxsus fan o‘qituvchisi

2018-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi assistenti

2022 y. -  h.v.  - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi assistenti