WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.




Awesome Image

Nasimov Shuxratjon Naimovich

Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari kafedrasi dotsenti.

  • Batafsil ma'lumotlar

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya parazitologiya, farmasevtika, mikrobiologiya
  • Parrandachilik mahsulotlari sifatini oshirish va kasalliklarini oldini olish uchun probiotiklarni yaratish

Shaxsiy ma’lumotlar

  • Nasimov Shuxrat  1987-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan; !987-1990 yillarda SamQXI aspiranturada tahsil olgan; 1991-yilda 03.00.20 – “Gelmintologiya” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasini va  2022-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 90 dan ortiq ilmiy maqolalar, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta tavsiyanoma, 1 ta uslubiy qo‘llanma chop ettirgan hamda 3 ta patent  muallifi. Ilmiy rahbar sifatida 1ta fan nomzodlik dissertatsiyasiga rahbarlik qilgan, 1 ta Phd dissertatsiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda hamda 8 ta magistrlik dissertatsiyasiga va 7 ta bakalavr diplom ishiga rahbarlik qilgan.

Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar bilan birgalikda kafedra va fakultetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish talaba yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, ilmiy to‘garaklarini samaradorligini oshirish, Respublika va xalqaro grant loyihalar ko‘lamini oshirish kabi ishlarni amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.

Lavozim vazifalari

  • Barcha o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan laboratoriya, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • Talabalarning malakaviy amaliyotiga, kurs loyihalariga (ishlariga), shuningdek, mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
  • Talabalar bilimining reyting nazoratini amalga oshirish;
  • Talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
  • Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurti rektoratining topshirig‘iga binoan qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv uslubiy adabiyotlar, jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilganlarga xulosalar tuzish;
  • Nodavlat ta’lim muassasalarining buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni olimpiada va tanlovlarda, jumladan, “Isteʼdod” jamgʻarmasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil tayyorlanish shakl va uslublarini takomillashtirish; auditoriya ishlarini optimallashtirish hisobiga mustaqil tayyorlanish xajmini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
  • Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy tadqiqot ishlarini muhokama etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, tugatilgan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya berish;
  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
  • Tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik texnologiyani joriy etish;
  • Pedagogik faoliyat bilan shugullanishni boshlagan oʻqituvchilarga pedagogik mahoratini egallashda yordam berish; axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida zamonaviy oʻquv texnika vositalaridan va yakka tartibda oʻqitish mustaqil taʼlim olish vositalaridan foydalanish.

            Bilishi kerak:

            Pedagogik faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,

            Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMning rektori buyruqlarining   mohiyatini bilishi, kafedra yillik va istiqbolli rejalarini bilish.

            Malaka talablari:

  •    Pedagogik faoliyatida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga,   ta’lim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, universitet strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Mehnat faoliyati

1982-1987 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi

1987-1990 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti aspiranti

1990-1994 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Parazitologiya kafedrasi assistenti

1994-1997 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Parazitologiya kafedrasi doktoranti

1997-1999 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Parazitologiya kafedrasi assistenti

1997-2003 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Parazitologiya kafedrasi qoshidagi ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi mudiri

2003-2016 yy. - “O‘zbiokombinat” qo‘shma korxonasi direktori, bosh direktor

2016-2018 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari  kafedrasi assistenti

2018-2023yy. – SamVMI,  Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi mudiri

 2023y. - h.v.   – Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, “Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi dotsenti, v.f.n.